• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Og‘ir darddan raqs yordamida xalos bo‘lgan, buvisining orzusini ro‘yobga chiqargan va taxallusi bilan tanilgan Dilnoza Safarova 36 yoshda (foto, video)

    Parizoda taxallusi bilan tanilgan raqqosa Dilnoza Safarova yetti yoshida sanʼatga qadam qo‘ygan. Salkam 30 yillik tajriba uning xalq mehrini qozonishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga raqqosa qiyin kunlarni ham boshdan o‘tkazgan. Ayrim hollarda bu qiyinchiliklar uni sanʼatdan ketishga ham undagan.

    “Baribir raqqosa bo‘lmaydi”

    Parizoda sanʼatga butunlay aloqasi bo‘lmagan oilada tavallud topgan. Shu boisdan ham ota-onasi uning raqqosa bo‘lishiga jiddiy qarshilik qilishadi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Buvim qiz farzand ko‘rsam raqs to‘garagiga olib boraman, deb niyat qilgan ekan. Ammo qiz farzand ko‘rmagach, bor umid nabiradan bo‘lgan. Buvim besh yoshimdan boshlab erinmay turli to‘garaklarga olib borgan. Ular ichida raqsga mehrim uyg‘ongan. Buning boisi, buvimning o‘zi sanʼatsevar inson bo‘lgan va uyga kelib ham mashg‘ulotlarni o‘tardi. Yetti yoshimdan boshlab raqs bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlaganman. Ammo bu ota-onamga umuman yoqmagan. “Raqsning nima keragi bor, baribir raqqosa bo‘lmaydi”, deb ko‘p gapirishardi. Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotganimdan boshlab, turli ko‘rik tanlovlarda ishtirok etardim. Maktab darslari va raqs mashg‘ulotlaridan shunchalik charchardimki, hatto qo‘limni ko‘tarishga ham kuchim qolmasdi. Onam ishtiyoqimni so‘ndirish uchun mashg‘ulotdan qaytgach ko‘p ish buyurardi. “Bolaga rahmingiz kelsin, holi qolmadi”, deb buvim urishsa yana mavzu raqsning nima kerakligiga borib taqalardi. Shu orada buvim qattiq betob bo‘lib qoldi. Majburlikdan mashg‘ulotlarga onam olib bordi. Raqsning qiyinchiligini ko‘ribgina sanʼatga mehri uyg‘ondi, — deydi Parizoda.

    “Raqqosaga hech kim uylanmaydi”

    Raqqosa bolalikdan negativ gap-so‘zlar uni charchatgani, turmushga chiqmaydi deganlarni uyaltirishga ahd qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — “Qizingiz turmushga chiqolmaydi, chunki hech kim raqqosaga uylanmaydi”, deb ko‘p gapirishardi. Bunday gap-so‘zlardan ota-onamning ko‘ngli og‘rirdi. 14 yoshimdan boshlab davlat miqyosidagi ko‘rik tanlovlarda ishtirok etishni boshladim. 15 yoshimda yakkaxon raqsim bilan xalqaro “Sharq taronalari” festivalida ishtirok etganman. O‘shandan keyin odamlarning menga bo‘lgan munosabatlari o‘zgarib, havas qilishlarini aytishgan, — deydi raqqosa Parizoda.

    “Bo‘ying past, chekkaroqda o‘ynayver”

    Parizoda bo‘yi pastligi uchun tadbirlarda biroz kamsitilgani haqida ham eslab o‘tdi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Bo‘yim 162 sm edi. Bu raqqosa uchun biroz pastlik qiladi. “Seni bo‘ying past chekkaroqda o‘ynayver”, deb kamsitishlari ko‘nglimga og‘ir botgan. Keyin “Ha deb mimika ishlatma”, deb koyishardi. Hatto, shunday paytlar bo‘lganki, xoreografiya o‘qiyotganimda ustozlar ochiqchasiga “Bu raqs emas, shu ham harakatmi?” deb qo‘pol gapirishardi. Ammo ularning hech biri “Kel, senga tushuntiray. Bunday o‘ynama, mana bu harakatni qilma”, demasdi, — deydi Parizoda.

    “Metroda uxlab qolardim”

    Raqqosa 20 yoshiga qadar jamoat transportidan foydalangani va u bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni esladi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Metroda o‘qishga qatnardim, uyimiz Yangiobodda, xoreografiya bilim yurti esa “Kosmonatlar” metrosida edi. Metrodan chiqib ham ancha masofani piyoda bosib o‘tardim. Qo‘limda har kuni kamida ikkita paket bo‘lardi. Chunki sahna liboslarini o‘zimiz bilan olib kelardik. Kech qolmaslik uchun shu qadar tez yugurardimki, asti qo‘yaverasiz. Ayniqsa konsertdan qaytayotganimdagi ko‘rinishim juda ajoyib bo‘lardi. Ulama soch yechilgandan keyin sochlarim patak bo‘lib ketardi. Metroga tushishim bilan ko‘zim ilinib ketaverardi. O‘sha paytda men suratga tushgan kliplar oynayi jahonda tinmay aylanayotgan va metro bekatida kattakon qilib o‘simlik yog‘ining reklamasida tushgan suratim ilingan ekan. Ko‘zim ilinib boshim u yoqdan bu yoqqa chayqalib turgan paytda to‘g‘rimdagi yigitlar kulib suratga olishayotgan ekan. Cho‘chib uyg‘onib ketganman va ko‘rinishimdan uyalganman. O‘shanda buvim jamg‘arib yurgan pullarini berib, ilk mashinamni sotib olib bergan, — deydi raqqosa Parizoda.

    “Rolimdan uyalaman”

    Raqqosa ilk klipdagi ishtiroki va filmlardagi rollari haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Xoreografiya oliy maktabiga rejissorlar kelib, kliplarga ko‘p taklif etishardi. Har doim turli sabablarga ko‘ra rad etardim. Keyin bo‘ldi, endi suratga tushaman, deb ahd qilganman. Klipga taklif etishgan va kiyinib borsam bir yosh yigit bu yoqdan bu yoqqa o‘tib, kameralarni tashib yuribdi. Avvaliga eʼtibor bermaganman, keyin birorta mashhur xonandani ko‘rmaganimdan keyin “O‘zi kimning klipi”, deb so‘raganimda “Mening degan”. Bu klip ikkimizning ham debyutimiz bo‘lgan. Undan keyin Anvar Sobirovning “Seni sevdim” klipida suratga tushganman. Ammo bu klipdagi ishtirokimdan haligacha uyalaman. Filmda ham suratga tushganman, ammo juda tajribasiz bo‘lganim hozir o‘zimga seziladi, — deydi raqqosa Parizoda.

    “Turmush o‘rtog‘imga ishonganman”

    Parizoda 2012-yili Sherali Safarov ismli tadbirkor yigit bilan oila qurgan. Sanʼat vakillari orasida ham uning oshiqlari ko‘p edi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Bir boqishda shu inson meni baxtli qila olishiga ishonganman. Albatta, eng birinchi “Sanʼatimga qarshi emasmisiz?” deb savol berganman. U kishi tushunaman va qadrlayman degandan keyin to‘yga rozi bo‘lganman. To‘yimiz maxsus ssenariy asosida, uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rib o‘tkazilgan. O‘sha paytlarda to‘ylar dron va vertolyotlarda surat olinmasdi. Aynan stadionda “Marry Me” marosimini o‘tkazganmiz va tasvirlar vertolyotda yuqoridan olingan, — deydi Parizoda.

    “Endi sanʼatni yig‘ishtirsin...”

    Albatta, har bir oilaning o‘ziga yarasha muammolari va tosh-torozusi bo‘ladi. Xususan, Parizodaning ijodni davom ettirishiga turmush o‘rtog‘ining yaqinlari qarshi bo‘lishadi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Avvaliga tushunmovchiliklar bo‘lgan. “Endi sanʼatni yig‘ishtirib, farzandli bo‘lish haqida o‘ylasin, odamlar noto‘g‘ri tushunishadi”, deyishgan. Shunda turmush o‘rtog‘im bilan ochiqchasiga gaplashib olganmiz. To‘ydan oldingi vaʼdalarini eslatganimda vazminlik bilan “Mayli sanʼatingizga qarshi emasman, ammo feʼl-atvoringizda birorta o‘zgarish sezsam hammasiga nuqta qo‘yamiz”, degan. Sanʼatdan ketmaslik uchun uy ishlariga ham ulgurishga harakat qilganman. Syomkadan vaqtida kelardim, har bir daqiqam ham hisobli edi. Bora-bora turmush o‘rtog‘im va oila aʼzolarimni sanʼat olamiga olib kiroldim. Qaynonam bu borada ko‘p yordam berdi, — deydi raqqosa Parizoda.

    “Raqsdan davo topdim”

    Parizoda o‘zini qadrsizlangandek his qilgani, salomatligidan jiddiy muammolarga uchragani sabab raqsdan butunlay ketishga qaror qilgan paytlari ham bo‘lganini yashirmaydi.

    Foto: Instagram / @parizodadancer

    — Tadbirlarda hamisha faol bo‘lishga, o‘zbek sanʼatini mahorat bilan ko‘rsatishga harakat qilganman. Ammo eʼtiborsizlik insonni ko‘nglini cho‘ktirar ekan. Sahnadan ranjib, ansambl tuzib to‘ylarda faol bo‘lishga harakat qildim. Ammo bir-ikki yil avval ruhan juda qiynaldim. Chunki bor energiyani sarflab raqs tushasiz, odamlar esa ovqatini yeb sizga eʼtibor ham bermaydi. Bu ijodkor uchun juda og‘ir. Shunday vaziyatda sanʼatdan ketishga ham qaror qilgandim. Uning ustiga umurtqa pog‘onamda jiddiy kasallik aniqlangani haqida ham aytishgandi. Rosti o‘sha paytda shifokorlarning ogohlantirishiga eʼtibor ham bermaganman. Ammo hammasi yaxshilik bilan yakunlandi. Raqs meni og‘ir hastalikdan qutqardi. Doimiy harakat va negativ o‘y-fikrlarni o‘zidan chiqarib tashlash ham ko‘plab kasalliklarning oldini olar ekan, — deydi raqqosa Parizoda.

    Parizodaning uch nafar farzandi bor. Eʼzoza va Saʼdiya onasi kabi raqsga qiziqishadi.

    25.09.2023, 10:56   Izoh (0)   24263
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Professional raqqosa bo‘ladi, deb o‘ylamaganmiz”. Parizodaning onasi uning bolalikdagi kasalligi tufayli raqsga bergani haqida (video)

    08.02.2023, 14:35

    “Rol ijro etgan bo‘lsam-da, u yerda o‘zimni ko‘rmadim”. Parizoda Munisa Rizayevaning “Qop-qora” klipida suratga tushganidan xafa bo‘lgani haqida (video)

    06.03.2023, 20:47

    “Falaj bo‘lib qolasiz, deyishgandi”. Parizoda umurtqa pog‘onasidagi xavfli kasallikni raqs yordamida davolagani haqida (video) 

    06.04.2023, 13:35

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    24.09.2023, 22:25

    Bollivud yulduzi Karina Kapur 43 yoshda: Oilasidagi qarshiliklarga qaramay, orzusiga erishgan aktrisaning hayot va ijod yo‘li

    22.09.2023, 18:09

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    22.09.2023, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.