Rus-isroillik yozuvchi Dina Rubinaning badiiy kechasi shu yilning 10-oktyabr kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq hozirda mazkur kecha uchun chiqarilgan chiptalarning iTicket uz’dagi onlayn savdolari to‘xtatilgan. E’lonlar olib tashlangan.
Bunga Dina Rubinaning “Dоjd” telekanalidagi intervyusi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Telekanal jurnalisti Mixail Kozirevning so‘zlariga ko‘ra, Rubina go‘yoki Isroil “G‘azoning barcha aholisini kislotada eritib yuborishga haqli” degan.
Bu iboralar efirga uzatilgan intervyudan qirqilgan, lekin keyinchalik alohida e’lon qilindi va keskin reaksiyaga sabab bo‘ldi.

Rubina uning so‘zlari kontekstdan yulib olinganini aytdi. Keyinchalik Mixail Kozirev telekanal nomidan uzr so‘radi. Intervyuning to‘liq versiyasi eʼlon qilinmagan. “Dojd” telekanali esa vaziyatga izoh bermagan.
Ma’lumot uchun, yozuvchi Dina Rubina 1953-yil Toshkentda tug‘ilgan. Dina 1990-yildan buyon Isroilda yashaydi.
Izoh (0)