• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Men Amirga o‘xshamayman”. “Sevgi iztirobi” yulduzi Kaan Urganjio‘g‘lu hozirda nimalar bilan band?

    Kaan Urganjio‘g‘lu — “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir rolini ijro etib, jahon miqyosida tanilgan iste’dodli turk aktyoridir. Turkdizi yulduzining ta’kidlashicha, aslida u qahramoniga mutlaqo o‘xshamaydi.

    Проклинают за роль Эмира, критикуют за внешность и восхищаются талантом: как живет красивый Каан Урганджиоглу

    Kaan Urganjio‘g‘lu 1981-yil 8-mayda Izmirda tug‘ilgan. Otasi muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lgan, o‘zi esa yoshligidanoq iqtisodchi bo‘lishni orzu qilgan. Onasi va buvisi Kaanga bolalikdan san’atga muhabbat uyg‘otishga urinishgan, biroq bunda katta muvaffaqiyatga erisholmagan.

    “Yetti yoshimda sahnaga chiqqanman. Buvim va onam menga katta matnni berishdi, uni yodlab olib, sahnaga chiqib aytib berishim kerak edi. Shunday qilib, sahnaga chiqdim va o‘qiy boshladim, keyin onamni ko‘rdim. Onam ham matnni yodlab olgan ekan, menga yordam berishga urinayotgan edi. O‘sha lahzada hamma narsa chappasiga ketdi... Men bir muddat dovdirab qoldim va mikrofonga: “Oyi, jim bo‘ling!” deb yubordim. Bir ozdan so‘ng zalda hamma kula boshladi”, deya hikoya qiladi u.

    Izmirdagi o‘rta maktabni tugatgach, Urganjio‘g‘lular oilasi Amerikaga ko‘chib ketgan. 2000-yilda Kaan Turkiyaga qaytib, Marmara universitetiga o‘qishga kirgan, ammo ko‘p o‘tmay moliyaviy qiyinchiliklar tufayli akademik ta’til olishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, u oliy ma’lumotni baribir olgan — 2007-yilda diplomli bo‘lgan. Talabalik yillarida qo‘shimcha daromad izlagan Urganjio‘g‘lu o‘zini modellik sohasida sinab ko‘rishga qaror qilgan. 2021-yilda uni prodyuser Abdulla O‘g‘uz o‘z serialida suratga tushishga taklif etgan. Ilk kinoloyihaning o‘zidayoq Kaan aktyorlik uning hayot yo‘li ekanligini tushunib yetgan. Aynan shu sababli u Amerikaga qaytib borgan va u yerda Stella Adler Acting & Theatre Academy studiyasi kurslarini tamomlab kelgan.

    “Men aktyor bo‘lishimni aytdim, Nyu Yorkka ketdim, qaytib keldim, Qodir Has universitetida magistrlik darajasini oldim. Chetin Sarikartal bilan tanishdim. Ustoz Chetin bilan tanishganimdan so‘ng menda aktyorlik haqida jiddiy fikrlar shakllana boshladi”, deydi u.

    Ijodi

    Kaan Urganjiog‘lu 2002-yilda “Qarao‘g‘lon” serialida debyut qilgan. 2003-yilda u “Kampus” serialida Tolga rolini ijro etdi va keyingi ikki yil davomida o‘z aktyorlik mahoratini oshirish hamda aktyorlik san’ati kurslarini o‘tashga bag‘ishladi. 2006-yilda turk aktyori yana surtga tusha boshladi, biroq 2011-yilda Berkan rolini ijro etgan “Layli va Majnun” serialidan so‘ng tanildi.

    2013-yilda Kaan “Sevgi” serialida Jan rolini ijro etdi, bir yildan so‘ng esa “Buyuk izquvar Filinta” serialida Otto Petrovich obrazini yaratdi. 2015-yilda Urganjiog‘liga “Sevgi iztirobi” serialida Amir roli taklif qilindi. Aktyor ssenariyni sinchiklab o‘rganib, uzoq o‘ylagach, rozilik berdi. Aynan shu serial uni jahon miqyosida mashhur qilib, haqiqiy turkdizi yulduziga aylantirdi. Kaan o‘z qahramoni haqida shunday hikoya qilgan edi:

    “Amir qilayotgan hech bir ishidan zavq olmaydi, uning hayoti murakkab. Hammamizning hayotimiz murakkab, ehtimol shu tufayli unga hamdardlik bildiramiz. Yomon odamlarning o‘ziga xos jihati - bu ularning kulgisi, ular qilayotgan yovuzliklaridan lazzatlanadi. Amir tanganing boshqa tomonida juda yaxshi odam bo‘lishi mumkinligini, sharoitlar uni shu holatga olib kelganini o‘ylaydi. U murakkab hayot kechirishda davom etmoqda”.

    Aktyorning keyingi karyerasi muvaffaqiyatli rivojlana boshladi. U Amerikaning “Jek Rayn” serialida Denizni, “Noreallik” filmida Muratni va “Sevgi 101” ko‘p qismli filmida Kamolni ijro etdi. Bu rollar unga Amir obrazidan xalos bo‘lishga yordam berdi. Uzoq vaqt davomida turk seriali muxlislari Kaanni haqiqiy hayotda ham xuddi o‘zi o‘ynagan qahramon kabi shafqatsiz va xavfli odam deb o‘ylashardi.

    “Ha, menda sovuqqonlik bor, lekin undan foydalanmaslikka harakat qilaman... Bolalikdan bizda ayrim tuyg‘ular, masalan, aybdorlik yoki keraksizlik hissi yashiringan bo‘lishi mumkin. Hammamizda shunday bo‘ladi, keyin esa bu his-tuyg‘ularga katta yoshda kundalik muammolar qo‘shiladi”, degan edi u o‘zi haqida.

    2021-yilda Kaan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida haqiqiy hitga aylangan “Adolat” ko‘p qismli filmida Ilg‘oz rolini ijro etishga tasdiqlandi. Ushbu serialda suratga tushish bilan bir paytda, aktyor “Ishonchli qo‘llarda”, “Fortuna operatsiyasi: G‘alaba qozonish san’ati”, “Chaqiruv”, “Ishonchli qo‘llarda 2” kabi loyihalarda ham rol o‘ynadi.

    Shaxsiy hayoti

    2016-yilda Kaan Urganjio‘g‘lu Zeynep O‘mak bilan unashtirilganini ommaga e’lon qildi. U keyingi yil nikohdan o‘tishlarini aytgan bo‘lsa-da, bu voqea sodir bo‘lmadi. Biroq 2023-yilning yozida turk aktyori sevgilisi Burju Denizer bilan turmush qurdi va shu yilning dekabr oyida ular o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Bolaga Arduch deb ism qo‘yishdi.

    Urganjio‘g‘lu shaxsiy hayoti haqida ko‘p gapirmaydi — u chinakam baxt ommaga oshkor qilinishga muhtoj emasligiga ishonadi. Aktyor ba’zan o‘g‘li va rafiqasi bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtiradi. Ammo barcha suhbatlarida u doimo Burjuning yonida haqiqiy baxtni his etganini ta’kidlaydi.

    Kaan Urganjio‘g‘lu hozirda

    Bugungi kunda turdizi yulduzi hayotining barcha jabhalarida muvaffaqiyatlarga erishmoqda. U talab yuqori, mashhur va yuqori maosh oladigan aktyor, baxtli er hamda ajoyib ota bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Kaan ishdan bo‘sh vaqtining barchasini oilasi davrasida o‘tkazadi. Turk aktyori muntazam ravishda sport zaliga qatnaydi, sog‘lom ovqatlanishga harakat qiladi, baliq ovlashni yaxshi ko‘radi va ko‘p vaqtini tabiat qo‘ynida o‘tkazadi.

    Kaanning eng ezgu orzusi — o‘g‘liga munosib namuna bo‘lishdir. Urganjio‘g‘lu nafaqat orzularga ishonish, balki ularni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish kerakligiga ishonadi. Uning fikricha, o‘zini bag‘ishlash, mehnatsevarlik va tanlangan kasbga sadoqat — bular doimo muvaffaqiyatga erishish imkonini beradigan omillardir.

    1 avgust, 09:57   Izoh (0)   2030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.