Pedri “Barselona”dagi jarimalar tizimi haqida gapirdi.
Kataloniyaliklarning 21 yoshli yarim himoyachisi jamoaning ichki tuzilmasi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Pedrining so‘zlariga ko‘ra, Hans-Diter Flik jamoaga kelganidan so‘ng jarimalar tizimini yo‘lga qo‘ygan.
Nemis mutaxassisi punktuallikka juda jiddiy e’tibor qaratadi. Mashg‘ulotlarga kechikib kelgan futbolchiga yoki moliyaviy jarima solinadi yoki maydonga tushirilmaydi.
“Ko‘k-anorranglilar” La Ligada 12 o‘yindan so‘ng 33 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)