Farg‘onadagi zapravkada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir kishi vafot etgan
Avvalroq Farg‘onadagi zapravkada yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgandi. Viloyat FVB holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, hodisa 17-dekabr kuni soat 13:43 da Farg‘ona shahar, “Yangiyo‘l” MFY, A.Yassaviy ko‘chasidagi ko‘p yonilg‘ili AYQSH va AGQSH shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Maʼlum qilinishicha, suyultirilgan gaz to‘kish vaqtida texnologik jarayonlarning buzilishi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan, undan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da yong‘in o‘rab olinib, 14:12 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro tan jarohati olgan, sakkiz nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratida.
Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etildi.
Baxtsiz hodisalardan qanday himoyalanish mumkin?
Baxtsiz hodisalardan to‘liq himoyalanish mumkin emas, lekin xavfni kamaytirish va o‘z xavfsizligingizni oshirish juda muhim. Buning uchun quyidagi choralarni ko‘ring:
Birinchi o‘rinda — sug‘urta polisi oling. Bu moliyaviy xavfdan himoyalanishning samarali usulidir. Uy, mashina va sog‘liq uchun sug‘urta orqali baxtsiz hodisalarning iqtisodiy zararini yengillatish mumkin. Sug‘urta kompaniyasiga oid axborotlar bu yerda.
Ogoh bo‘ling: Qayerda bo‘lsangiz ham atrofingizdagi vaziyatni kuzating. Baxtsiz hodisalar ko‘pincha befarqlik yoki e’tiborsizlik sababli sodir bo‘ladi.
Bilim va ko‘nikmalarni oshiring.
Birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni egallang, yong‘inga qarshi kurashish qoidalari va boshqa xavfsizlik bo‘yicha qo‘llanmalarni o‘qing. Uyda xavfsizlikni maksimal ta’minlang — tutun datchiklari va o‘t o‘chirgichlarga hozirlang.
Nosoz elektr simlari va qurilmalardan saqlaning. Atrofni kuzating: piyoda bo‘lsangiz, faqatgina telefonga emas, balki atrofga ham qarab yurishga harakat qiling. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling.
Izoh (0)