Ukraina Rossiya gazining Yevropaga tranzitini davom ettirmaydi. Faqat Rossiyaga tegishli bo‘lmagan gaz tranzit qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tayanib, RBK-Ukraina xabar berdi.
Ukraina yetakchisi hukumat Rossiyaga “ukrainlar qonidan qo‘shimcha milliardlab daromad olish imkonini bermasligini”, shuning uchun Rossiya gazining tranziti to‘xtatilishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadan arzon narsa olishi mumkin bo‘lgan dunyodagi har qanday mamlakat “bir kun kelib Rossiyaga qaram bo‘ladi”.
“Bugun men Slovakiya bosh vaziri bilan suhbatlashdim va unga tushuntirdim: agar bu Rossiya gazi bo‘lmasa, boshqa davlat gazi bo‘lsa ham, biz aniq bilishimiz kerak. Biz aldanishni istamaymiz, ya’ni bu boshqa mamlakat bo‘lib, u Rossiyadan gaz olib, keyin o‘z gazini tranzit qilishi mumkin. Bu xuddi urushdan foyda ko‘rishni va Rossiyaga pul o‘tkazishni davom ettirishga o‘xshaydi”, dedi Zelenskiy.
Prezidentning aytishicha, Slovakiya Ukraina orqali gaz tranziti masalasini ko‘targanida, u “pul yo‘qotayotgani” haqida shikoyat qilgan.
“Urush paytida pul haqida gapirish uyatli, chunki Ukraina odamlarini yo‘qotmoqda. Ammo voqelikka qaraydigan bo‘lsak, Ukraina ushbu urush tufayli energetika sohasida ancha ko‘proq zarar ko‘rmoqda”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.
Fitso Ukraina orqali gaz tranzitini uzaytirishni niyatida.
Ukraina o‘z hududi orqali Rossiya gazi tranziti bo‘yicha shartnoma muddatini uzaytirmagan, shu sababli yetkazib berish 2025-yilda to‘xtatiladi.
Shunga qaramay, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Ukraina va Yevropa komissiyasi bilan Rossiya gazining Ukraina hududi orqali Slovakiyaga tranzitini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Izoh (0)