• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Benzin taqchilligi: muammo nimada?

    Joriy yilning 1-mart sanasidan boshlab Rossiya mavsumiy talabning oshishi sababli benzin eksportini vaqtinchalik ayrim davlatlarga to‘xtatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu cheklov 6 oygacha amalda bo‘ladi. Lekin bu eksport taqiqi YOII mamlakatlari, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga kelishilgan yetkazib berish hajmlariga taalluqli bo‘lmaydi.

    Xo‘sh, Rossiya nega benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda? Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekiston yonilg‘i muammosini qanday qilib hal qilishi mumkin? “Daryo” ushbu savollar bilan iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasulga yuzlandi.

    – Nega Rossiya ayrim davlatlarga benzin eksportini taqiqladi?

    – 27-fevral kuni Rossiya energetika vaziri 1-mart sanasidan boshlab bir nechta davlatlardan tashqari qolgan barcha mamlakatlarga benzin eksporti 6 oyga to‘xtatilishini ma’lum qildi. Menimcha, 6 oydan keyin ham bu cheklov amalda bo‘ladi. Buning sababi so‘nggi vaqtlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda juda qiziq voqealar yuz bermoqda. Ukrainaning uzoq masofaga uchuvchi dronlari Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilib, ularni ishdan chiqarmoqda. Hozir Rossiyada neftni qayta ishlovchi jami 31 ta zavod mavjud. Rossiya neftni qayta ishlash bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi. 2023-yilda Rossiya 527 million tonna neft ishlab chiqargan va shuning yarmini o‘zida qayta ishlagan. 2022-yilning dekabr oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaning neft va neft mahsulotlariga sanksiya kiritgan edi. Yevropa Ittifoqi sanksiya kiritgani bilan boshqa mamlakatlar Rossiyadan neft va neft mahsulotlarini sotib olayotgandi.

    2024-yilning yanvar va fevral oylarida Ukraina Rossiyaning 7 ta neftni qayta ishlovchi zavodiga hujum amalga oshirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki oy ichida Rossiya benzindan 37 foiz, dizel yonilg‘isidan 24 foiz, aviakerosindan 19 foiz eksportini yo‘qotgan. Ya’ni Ukrainaning dron yordamida zarbalar berishi oqibatida Rossiya shuncha eksportini yo‘qotmoqda. Mart oyida yo‘qotishlar bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

    Harbiy bloger, iste’fodagi polkovnik Roman Grigoryevich Svitan berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Ukraina uzoq masofaga uchib boradigan dronlar bilan qurollanmoqda. Rossiyaning asosiy neftni qayta ishlovchi zavodlari G‘arb tomonda joylashgan. Mana shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, yozga borib Rossiyaning neftni qayta ishlovchi zavodlariga dron hujumlari ko‘payishi mumkin. Ayrim iqtisodiy tahlilchilar yozga ham yetib bormasdan qishloq xo‘jaligida dizel va kerasin yonilg‘isi taqchilligi yuzaga kelishini yozmoqda.

    Polkovnik Roman Svitan Ukraina 2024-yilda Rossiyaning barcha neft zavodlarini yo‘q qilishimiz kerak, deb aytmoqda. Albatta, Rossiya shundoq qarab turmaydi. Lekin Rossiyaning neft zavodlariga bo‘lgan xavf tobora jiddiylashib bormoqda.

    – Agar Rossiyada benzin eksporti borasida muammolar kelib chiqsa, bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi? Chunki hozirda Rossiya O‘zbekistonga benzin yetkazib beradi.

    – 2023-yilda O‘zbekiston 371 ming tonna benzin import qilgan. Shundan 100 ming tonna benzinni “Uzgazuel”, 271 ming tonna benzinni qolgan xususiy korxonalar olib kirgan. Benzin importining 97,7 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Turkmaniston va Belarusdan 0,06 foiz benzin import qilingan. 2023-yilda Rossiyadan 300 ming tonna xom neft import qilingan. Nima uchun benzinni faqat Rossiyadan olishimiz kerak, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Chunki Rossiya 1 litr tayyor benzinni 0,40 sentdan sotgan. Turkmaniston va Belarus bo‘lsa 1 litr benzinni 0,65 sentdan sotgan. Ya’ni Rossiyaning benzini ancha arzonroq.

    Xalqimiz O‘zbekiston neft va gazga boy davlat, deb o‘ylaydi. Lekin aslida unday emas. Qozog‘iston 2023-yilda 93 million tonna neft qazib olgan. O‘zbekiston esa 700 ming tonna. Hatto 1 million tonna ham emas. Yildan yilga O‘zbekistonda neft qazib olish kamayib bormoqda.

    Iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul
    Foto: “Daryo”

    – Lekin mustaqillik yillari otilib chiqqan neft buloqlarini hatto tank bilan to‘xtatganmiz. Bundan tashqari, O‘zbekiston gazi 100 yilga yetadi, degan prognozlar berilgan-ku!?

    – 1 dona neft bulog‘i 32 millionlik aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistonga hech narsa emas. Siz aytgan neft bulog‘i va gaz zaxiralari bo‘yicha gaplar mustaqillik yillari xalqni ruhlantirish uchun o‘ylab topilgan. Yildan yilga neft qazib olish hajmi tushib bormoqda.

    To‘g‘ri, O‘zbekistonning 1,7 milliard kub/metr gaz zaxirasi bor. Ammo yer tagida, uni qazib olish kerak. 2023-yilda O‘zbekiston 32 milliard kub/metr gaz qazib olgan. Agar shu tempda qazib olsak, gazimiz 50 yilga yetishi mumkin. Lekin sanoatimiz tez rivojlanmoqda, gazga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. O‘zbekiston aholisiga 12 milliard kub/metr gaz yetishi mumkin. Biroq 5 ta katta-katta gazni qayta ishlovchi zavod va gazda ishlovchi issiqlik elektr stansiyalarimiz bor. Ularni ham ishlatishimiz kerak. Qashqadaryo viloyatidagi GTL gazni qayta ishlovchi zavodining ishlashi uchun bir yilda 6 milliard kub/metr gaz kerak.

    – Shunday mamlakatlar borki, neft qazib olmasa ham, ularda bizchalik yonilg‘i muammosi yo‘q. Misol uchun, Gruziya. Yoki bo‘lmasa, qo‘shni Qozog‘istonda benzin bizdan ko‘ra ancha arzon va sifatli. Bizdagi yonilg‘i yetishmasligining asl sababi nimada?

    – Haqiqatan ham, Gruziyada neft zaxiralari umuman yo‘q. Lekin Gruziyada Poti porti mavjud. Agar O‘zbekistonda ham port bo‘lganida, bu portga istalgan davlatdan neft tankeri kelib, neft quyib ketishi mumkin edi. Ammo bizda bunday imkoniyat yo‘q. Hozirgi kunda O‘zbekiston faqat 2-3 ta davlatdan yonilg‘i import qilishi mumkin. Bular: Rossiya, Qozog‘iston yoki Turkmaniston. Atrofda boshqa davlatdan olishga na logistika, na truba bor. Mana muammolar qayerda!

    Benzin narxi
    Foto: “Daryo”

    Qozog‘iston katta hajmda benzin sota olmaydi. Turkmanistonda bunday imkoniyat mavjud. Lekin bular bizga qimmat narxda benzin sotadi.

    – Turkmaniston va Qozog‘istondan tashqari yana qaysi mamlakatlardan yonilg‘i import qilsak bo‘ladi?

     – Bu borada O‘zbekistonga Eron va Ozarbayjon yordam berishi mumkin. 2023-yilda O‘zbekiston Ozarbayjondan 2 ming tonna benzin import qilgan edi. Demak, Ozarbayjondan benzin import qilsak bo‘ladi. Agar neftni o‘zimizda qayta ishlamoqchi bo‘lsak, neftning narxi ancha arzon bo‘lishi kerak. 2023-yilda O‘zbekiston 1 million 327 ming tonna benzin ishlab chiqargan.

    Eron bilan hamkorlikda sanksiyalarga qarash kerak. Agar Eronning naft mahsulotlariga sanksiya kiritilmagan bo‘lsa, Eron bilan yonilg‘i masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Chunki neft mahsulotlari bo‘yicha faqat Rossiyaga bog‘lanib qolishimiz kerak emas.

    – O‘zbekiston o‘zida benzin muammosini hal qilish uchun nimalar qilishi kerak?

    – Fikrimcha, O‘zbekistonda xususiy operatorlarni ko‘paytirish kerak. Xususiy firmalar istasa, Qozog‘istondan yoki Turkmanistondan benzin olib kiraversin. Nima uchun O‘zbekistonda faqat 10 dona operator mavjud? Operatorlar 50-70 ta bo‘lib, o‘zaro raqobat qilsin. Lekin shunda ham benzin narxi juda tushib ketmaydi.

    Biroq O‘zbekistonning strategik maqsadi — yonilg‘iga ixtisoslashgan texnologik doiradan chiqib ketish bo‘lishi kerak. Ya’ni sanoatni yashil energiyaga o‘tkazib, avtomobillarni ham elektromobillarga o‘zgartirish lozim. Xitoy shu yo‘ldan bormoqda.

    Jurnalist Sardor Ali suhbatlashdi

    09.03.2024, 22:35   Izoh (0)   21028
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar sohadagi 7 ta muammoni aytdi

    02.03.2024, 17:42

    Maktab va “metan”dagi holat: jamiyat nega agressiv bo‘lib qolgan? 

    02.03.2024, 21:00

    Andijonda 4 tonnadan ziyod Ai-92 benzini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

    09.03.2024, 13:15

    Toshkentda tarovih namozlari sabab ayrim ko‘chalar yopiladi

    09.03.2024, 16:03

    Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi 

    09.03.2024, 14:35

    O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasi 55 foizga yetkaziladi 

    09.03.2024, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.