• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangi maktab va bog‘chalar, vatanparvarlik darslari, pedagoglarning malaka toifasi: 2025-yili taʼlim tizimida qanday yangiliklar bo‘ladi?

    Prezidentga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shaxs tarbiyasining poydevori bo‘lgan bu bo‘g‘inlarga davlat tomonidan doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Hududlarda yangi-yangi taʼlim maskanlari barpo etilib, mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari zamon talablariga moslab yangilanyapti.

    Maktabgacha taʼlim tizimi ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangicha rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. So‘nggi yillarda bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, 38 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76 foizga yetdi.

    Mamlakatda maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, bu yil 608 ta maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari bajarildi. Yoshlarga ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirildi. Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv taʼlim yo‘lga qo‘yildi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri navbatdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilganidek, kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktablar tashkil etilib, 257 ming o‘quvchi o‘rni ochiladi. Davlat taʼlim dasturi xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtiriladi.

    Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar o‘rgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi.

    Dunyodagi ilg‘or tajribalar, yangi uslublar amaliyotga kiritilmoqda. Jumladan, bu yil 1 ming 500 ta umumtaʼlim maktabida yangi baholash tizimi joriy qilindi. Natijalar tahlilidan kelib chiqib, bu tajriba yana kengaytiriladi.

    O‘qituvchilarga malaka toifasini berishda ham raqamlashtirilgan tizimga o‘tilgan. Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi.

    Davlat rahbari malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratib, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini taʼkidladi.

    Shu maqsadda keyingi yildan hududlardagi malaka oshirish markazlarida o‘quv jarayonlari o‘zgartiriladi. Bunda har bir o‘qituvchining ehtiyojidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan o‘ta olmaganlar alohida dastur asosida qo‘shimcha o‘qitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy sharoitda ish boshlaydi. Barcha markazlar situatsion o‘quv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi.

    Taʼlim tashkilotlariga malakali rahbarlarni jalb etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qo‘shimcha manbalar hisobidan, maktab va bog‘chalar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlarini moddiy rag‘batlantirish taklifi bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taʼlim bilan tarbiya uzviy olib boriladi. O‘zbekiston Prezidentining shu yil 15-noyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimiga eʼtibor kuchaydi.

    Yuqori sinflarda harbiy vatanparvarlik darslari bir soatga ko‘paytirildi. Ushbu yo‘nalish o‘qituvchilari nufuzini oshirish uchun ularga harbiy unvon berish tartibi belgilandi.

    Kelgusi o‘quv yiligacha bu fan bo‘yicha yangi darsliklar ishlab chiqiladi, kasbiy salohiyati yuqori o‘qituvchilar ishga jalb etiladi. Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta taʼlim maskanida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi. Bu maktablarga tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ham qamrab olinadi.

    Joriy yil 30 sentyabr kuni sohaga doir yana bir muhim hujjat – maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, 2025-yildan boshlab, maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. “Metodik mahorat soati”, “Metodik mahorat kuni” kabi malaka oshirish shakllari tashkil qilinadi.

    Keyingi yil 162 ta maktabgacha taʼlim muassasasi quriladi, 100 ta xususiy va mingta oilaviy bog‘cha ochiladi. Bular orqali maktabgacha taʼlim qamrovi 78 foizga yetkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhlari bilan boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlarining uzviyligi oshiriladi.

    Prezident sohani barcha hududlarda rivojlantirib, umumiy taʼlim sifatini oshirish, bunda, ayniqsa, chekka tumanlarga alohida eʼtibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    24.12.2024, 18:29   Izoh (0)   19994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #maktab#bog'cha

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ijtimoiy davlatga samarali ijtimoiy siyosat orqali erishamiz! 

    19.10.2024, 18:57

    Bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 mln dona ko‘chat ekilishi rejalashtirilmoqda

    21.10.2024, 18:15

    21-oktyabrning eng muhim xabarlari: prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish, tadbirkorlik subyektida taʼsischiligi aniqlangan vazirliklarning 160 nafar boshqaru...

    21.10.2024, 23:05

    Toshkentda 6 yoshli bolaga qizlar kiyimini kiydirib, ayollar raqsini ijro ettirgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan bo‘shatildi

    29.10.2024, 18:45

    Rossiyada bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

    04.11.2024, 22:09

    “Qo‘shni davlatlar aholi soni jihatidan o‘zib ketmoqda”. Tashiyev qirg‘izistonlik ayollarni 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirdi

    05.11.2024, 10:40

    Eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi mumkin

    18.11.2024, 13:45

    O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

    24.11.2024, 09:25

    “5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan” qoida: Sovet davridan qolgan buzuq tizimdan voz kechiladi

    02.12.2024, 22:12

    Qish mavsumida bolalarni turli kasalliklardan himoya qilishning oddiy va samarali usullari

    05.12.2024, 16:45

    Rossiyada migrantlarga maktab va bog‘cha yaqinida yashash taqiqlanishi mumkin

    08.12.2024, 23:55

    O‘zbekistonda harakatlanishi cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatining 75 foizini qoplab berish tizimi joriy etiladi

    13.12.2024, 13:00

    Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yangi vazifa yuklatildi

    13.12.2024, 13:50

    Ijtimoiy karta, kambag‘al oilalar va nogironligi borlar sharoitini yaxshilash: prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

    13.12.2024, 20:10

    “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari va yil bo‘yi yoshlar bilan faol ishlaganlar taqdirlandi

    18.12.2024, 14:12

    Samarqandda avtobus yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yubordi

    18.12.2024, 18:40

    O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

    18.12.2024, 19:10

    Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi

    19.12.2024, 19:05

    Saida Mirziyoyeva nufuzli olimpiadalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi

    19.12.2024, 19:39

    Is gazidan vafot etgan ota va uning 3 farzandi, “O‘zbekkosmos” aniqlagan noqonuniy chiqindixonalar, 16 yoshli qizni kaltaklagan 19 yoshli ayol: 19-dekabrning eng m...

    19.12.2024, 23:16

    Namanganda maktab direktori xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etgani aniqlandi

    20.12.2024, 09:10

    O‘zbekistonda 2025-yilda tadbirkorlarga qancha yer taklif etilishi ma’lum qilindi

    20.12.2024, 14:11

    Xorvatiyada o‘smir maktabdagilarga pichoq bilan hujum qildi

    20.12.2024, 18:05

    Rossiya Kiyevga aviazarba berdi: qurbon bor 

    20.12.2024, 20:34

    Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan prezident, xizmat xonasida qimor o‘ynagan maktab direktori, is gazidan vafot etgan bir oilaning uch aʼzosi: 20-dekabrning eng muh...

    20.12.2024, 23:43

    Namanganda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilariga majburiy chipta sotgan shaxsga chora ko‘rildi

    22.12.2024, 20:10

    School 21 O‘zbekistonda ilk Tug‘ilgan kunini nishonladi

    23.12.2024, 18:15

    Tuman hokimidan vazirgacha: jurnalist va blogerlar ustidan shikoyat qilgan, sudga bergan amaldorlar

    23.12.2024, 12:15

    Xitoyda mashinasini odamlar ustiga bostirib haydagan shaxs o‘limga hukm qilindi

    23.12.2024, 23:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.