Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak final uchrashuvi 5-iyul, shanba kuni o‘tkazildi. Unda “PSJ” – “Bavariya” jamoalari bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham qator vaziyatlar yaratildi, ularning biridan esa Parij klubi unumli foydalana oldi.
Desir Due 78-daqiqada gol urdi. 83-daqiqaga kelib Pako Uillian qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 90+2-daqiqada Lukas Ernandes ham qizil kartochka oldi. Shundan so‘ng parijliklar 9 kishi bo‘lib harakatlana boshladi.
90+7-daqiqada esa Usmon Dembele to‘p kiritib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Endi “PSJ” yarim finalda “Real” – “Borussiya” juftligi g‘olib bilan kurashadi.
Izoh (0)