AQShda davom etayotgan 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi o‘yinlaridan so‘ng pley-off bosqichining dastlabki ikki juftligi aniq bo‘ldi.

Musobaqaning 1/8 final bosqichida birinchi juftlik sifatida AQShning “Inter Mayami” jamoasi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi juftlik esa Braziliya vakillari — “Palmeyras” hamda “Botafogo” klublari o‘rtasida kechadi.
Uchrashuvlarning aniq sanasi va boshlanish vaqti keyinroq e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2025-yil 15-iyundan 13-iyulgacha AQShda o‘tkazilmoqda. Unda 32 klub ishtirok etmoqda. Jamoalar sakkiz guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhda to‘rttadan klub joy olgan. Guruh bosqichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki jamoa pley-offga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, musobaqaning amaldagi g‘olibi Madridning “Real” klubi hisoblanadi.
Izoh (0)