LOR-infeksionist shifokor Jahongir Hamidov sovuq suv ichish natijasida tomoq zararlanishi va buning oqibatida mahalliy immunitet pasayishi haqida “Daryo” muxbiriga so‘zlab berdi.

“Shu sababli viruslar va bakteriyalar qo‘zg‘aladi va ko‘payadi. Buning natijasida kasalliklar kelib chiqadi. Bu tomoq og‘rig‘i, tonzillit, faringit, halqum shamollashi, tomoq shamollashi va laringit — ovoz paylarining shamollashi. Tomoqda og‘riq, temperatura ko‘tarilishi, yutinishda noqulaylik, tomoq shishishi, tomoqda yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin. Ovozda o‘zgarishlar kuzatiladi.
Bunday holatlarda kasallikning oldi olinmasa, u kuchayib boradi. Kasallik bronxlarga yoki o‘pkaga o‘tib ketishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, yiringli holatlar yuzaga kelishi mumkin”, dedi shifokor.
Birinchi halqum effekti
Tomoq og‘rig‘i boshlanganida bir yutum suv ichganidan keyin og‘riq pasayishi kerak. Agar og‘riq pasaymasa, katta ehtimol bilan, bakterial infeksiya rivojlanganidan darak beradi. Bakterial infeksiya kuzatilganda doktorga murojaat qilish shart. Chunki bu og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Tavsiya: agar siz yoz faslida sovuq, yaxna ichimliklar ichmoqchi bo‘lsangiz, kam miqdorda og‘iz bo‘shlig‘ida ilitib iching. Shunday qilib, siz kasallikning oldini olishingiz mumkin.

Sovuq ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi:
- o‘tkir respirator kasalliklarda;
- bronxial astma;
- yuqori nafas sistemasi aʼzolari kasalliklarida.
Quruq yo‘tal xuruj qilganda yordam beradigan 3 ta tavsiya
Quruq, uzoq davom etadigan va tunda xuruj qiladigan yo‘tal faqatgina shamollashning alomati emas. Uning sababini shifokor tekshiruvi asosida aniqlash mumkin. Ammo doim ham o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishning imkoni bo‘lmaydi. Shunday vaqtda quyidagi tavsiyalar quruq yo‘talni yengillashtirishga va ko‘rikka qadar umumiy ahvolni yaxshilashga yordam beradi.
Ovozning xirillashi, qo‘pollashishi yoki umuman yo‘qolib qolishiga turli omillar sabab bo‘ladi. Tomoqning yallig‘lanishi, uning to‘qimalarida shishlar paydo bo‘lishiga nafaqat O‘RVI balki jismoniy sabablar ham mavjud.
Izoh (0)