Iroqning Sulaymoniya viloyatida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) jangarilarining qurolsizlantirish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Arab News xabar berdi.

Bu Turkiyaga qarshi o‘nlab yillar davom etgan qo‘zg‘olonni tugatish yo‘lidagi ramziy, ammo muhim qadamdir. Tadbir Sulaymoniya hududidagi g‘orlardan birida o‘tkazilmoqda. Tog‘ ustida vertolyotlar parvoz qilmoqda. O‘nlab iroqlik kurd xavfsizlik kuchlari hududni o‘rab olgan.
Turkiya bilan ziddiyatga kirishgan va 1984-yildan beri noqonuniy hisoblangan KIP may oyida “tarqatib yuborish, qurolsizlantirish va ayirmachilik kurashini to‘xtatishga” qaror qilgandi. Bu haqda uzoq vaqtdan beri qamoqda bo‘lgan guruh rahbari Abdulloh O‘jalon ma’lum qilgandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat Anqarada 40 mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu qurolsizlantirish qarori mintaqada chuqur ijtimoiy va siyosiy bo‘linishlarni keltirib chiqargan qo‘zg‘olonni tugatishga yo‘l ochadi.
KIP so‘nggi yillarda Turkiyaning janubi-sharqiy chegarasidan ancha uzoqqa surilib, Iroq shimoliga joylashgan. Turk harbiylari mintaqadagi KIP bazalariga muntazam ravishda zarbalar berib, u yerda bir nechta harbiy postlar tashkil etgandi.
Izoh (0)