Qoraqalpog‘iston Respublikasing Xo‘jayli, Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlarida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Bu borada 15-iyul kuni tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan. Unda 16—18-iyul kunlari havo haroratining 40 darajadan oshishi sababli, issiq haroratning bolalar salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida tuman hududidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish foaliyati vaqtincha to‘xtatilishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirlig buni tasdiqlab, yuqoridagi tumanlardagi bog‘chalar bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida Sanitariya, epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qoidalari va me’yorlari talablariga rioya qilgan holda 3 kunga — 18-iyulgacha to‘xtatganini ma’lum qildi.
“O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayishini prognoz qilgandi. 17—19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)