Pokistonning iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha vaziri Sherri Rahmon mamlakat hukumatidan hali tarixda kuzatilmagan kuchli jaziramaga tayyorgarlik choralarini ko‘rishni so‘radi, deya xabar qilgan Channel News Asia.
“Janubiy Osiyo, jumladan, Hindiston va Pokiston rekord darajadagi issiq ob-havoga to‘qnash kelmoqda”, – deya jaziramaning aprel boshidan beri davom etayotganini qayd etgan Rahmon.
Pokistonning ayrim hududlarida havo harorati Selsiy bo‘yicha 47 darajaga ko‘tarilgan.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi issiq iqlim tufayli odamlar salomatligida kuzatiladigan muammolar COVID-19 ning navbatdagi to‘lqinidan ham xavotirdaligini qayd etgan.
“Kasalxonalarda issiq urgan yoki jazirama bilan bog‘liq boshqa xastaliklarga chalingan bemorlar ko‘paygan”, – degan Hindiston sog‘liqni saqlash tizimi vakili.
Hindistonlik shifokor davolanish uchun olib kelinayotganlarning 60-70 foizi maktab yoshidagi bolalar ekanini qayd etgan.
Izoh (0)