Amerikalik milliarder Ilon Mask AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB)ning moliyachisi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hisobotini kinoyali mem orqali masxaraladi. U o‘z fikrini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

7-iyul kuni Axios nashri AQSH Adliya vazirligi va Federal tergov byurosi jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan moliyachi Jeffri Epshteynning nufuzli odamlarni shantaj qilgani va “mijozlar ro‘yxati”ni yuritganiga oid dalillarni topa olmagani haqida xabar berdi.
Bunga javoban Mask mem e’lon qildi. Ushbu memda Mask “Epshteyn ro‘yxati” deb nomlangan hujjatni e’lon qilish jarayonining cho‘zilib ketganini kinoya bilan tasvirlaydi. U bunda ko‘plab kechikishlar va shaffoflik yetishmasligiga ishora qilgan.
Uning ta’kidlashicha, idoralarning “Epshteyn ro‘yxati” mavjud emasligi haqidagi xulosasi uni maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha avval berilgan va’dalarga zid hisoblanadi.
“Epshteyn ro‘yxatini e’lon qilamiz. Bizga faqat ko‘proq vaqt kerak. Epshteyn ro‘yxati mening stol ustimda turibdi. Bu yerda Epshteyn ro‘yxati yo‘q”, deyiladi memda.
Mask 6-iyul kuni X tarmog‘ida respublikachilar va demokratlarning “Yagona partiyasi”ga qarshi chiqish uchun yangi partiya tuzganini e’lon qilgandi. AQSH prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Maskning yangi “Amerika” partiyasini “ahmoqona” deya baholadi.
Izoh (0)