Londonning Sautend aeroportida 13-iyun kuni samolyot qulab tushdi. Bu haqda politsiya ma’lumotiga tayanib BBC xabar berdi.

Essex politsiyasining ta’kidlashicha, 13-iyul kuni soat 16:00 ga yaqin Sautend aeroportida 12 metrli samolyot qulab tushib, yonib ketgan. Voqea joyida 4 nafar ekipaj, jumladan, tez yordam mashinasi, xavfni bartaraf etish mashinasi va bosh feldsher bo‘lgan.
Leyboristlar deputati Devid Burton-Sampson X’da voqea yuzasidan barchaga hamdardlik bildirgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, ular ehtiyot chorasi sifatida yaqin atrofdagi golf klublari Rochford Hundred Golf Club va Westcliff Rugby Clubʼni evakuatsiya qilgan.
“Voqea joyida barcha favqulodda xizmat xodimlari bilan ishlayapmiz. Bu bir necha soat davom etishi mumkin. Aholidan iltimosimiz: ishlar davom etayotgan bir paytda imkon qadar bu hududga kirmang”, dedi politsiya.
Essex okrugi yong‘in-qutqaruv xizmati soat 15:58 da chaqiriq bo‘lganini aytgan.
Izoh (0)