Bugun, 14-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida qator lavozimlarga tayinlovlar amalga oshirilishi davom etmoqda. Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmoni imzolangan, deya xabar berdi Prezident axborot xizmati.

Farmonga ko‘ra, Alisher Sultonov prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Sultonov 2019-yil fevraldan 2022-yil aprelgacha energetika vaziri lavozimida ishlagan.
Shu bilan birga, farmon bilan Erkin Yo‘ldoshev administratsiyaning Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Azizbek O‘runov prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan davlat rahbarining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.
Aziz Mag‘rupov prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bungacha davlat rahbarining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Odil Abdurahmonov prezidentning sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan administratsiyaning Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq prezident maslahatchilari va administratsiyaning qator yangi lavozimlariga nomzodlar tayinlangandi.
Izoh (0)