• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Maslahatlar Gadjetlar

    Oxiri yo‘q rilslar, yo‘qotilayotgan vaqt: telefon qaramligidan qutulish uchun 8 qadam

    Smartfon allaqachon oddiy qurilma bo‘lmay qolgan — ko‘pchiligimiz uchun u deyarli giyohvand modda, tashvish va tasalli manbaiga aylangan. Xo‘sh, nima uchun biz bu kichkina ekranga shunchalik bog‘lanib qolganmiz?

    Как перестать сидеть в телефоне: 9 простых шагов к цифровой свободе

    1. Dofamin tuzoqlari

    Har safar bildirishnoma, layk yoki yangi xabar olganimizda, miyamiz zavq gormoni — dofamin ishlab chiqaradi. Ijtimoiy tarmoq va messenjerlar aynan shu reaksiyani kuchaytirish uchun yaratilgan: cheksiz skrolling, bildirishnomalar, “qiziqarli” sarlavhalar — bularning barchasi o‘yin avtomati ta’sirini yaratadi. Biz beixtiyor “yutuq” (yangi kontent)ni kutamiz va to‘xtay olmaymiz.

    2. Muhim narsalarni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish (FOMO)

    “Dugonamdan kelgan xabarni o‘tkazib yuborgan bo‘lsam-chi? Hamma mensiz biror narsani muhokama qilayotgan bo‘lsa-chi?” Bu qo‘rquv bizni hatto tunda ham telefonimizni tekshirishga undaydi. Psixologlar buni FOMO (Fear of Missing Out) deb atashadi va u ijtimoiy munosabatlarga moyilligimiz tufayli ayollarda ayniqsa kuchli namoyon bo‘ladi.

    3. Reallikdan qochish

    Zerikish, stress, charchoq — telefon tezda chalg‘itish vositasiga aylanadi. Xavotirni bartaraf etish o‘rniga, lenta varaqlashni afzal ko‘ramiz, chunki bu osonroq. Biroq buni qanchalik ko‘p qilsak, unga shunchalik qaram bo‘lib qolaveramiz.

    Как перестать сидеть в телефоне: 9 простых шагов к цифровой свободе

    4. Nazoratning boy berilishi

    Bizga telefon hamma narsaga ulgurishga yordam berayotgandek tuyuladi: ishlarni eslatadi, yaqinlar bilan bog‘laydi, ma’lumotga kirish imkonini beradi. Ammo aslida nazoratni yo‘qotamiz: sezmagan holda, jonli muloqot yoki dam olish o‘rniga soatlab befoyda skrolling bilan shug‘ullanamiz.

    5. Odat = avtomatizm

    Ertalab birinchi navbatda telefonni qo‘lga olishimiz muhimligi uchun emas, balki odatga aylanib qolgani uchun. Harakatni qanchalik ko‘p takrorlasak, asab tolalari orasidagi aloqa shunchalik mustahkam bo‘ladi va to‘xtash shunchalik qiyinlashadi.

    Telefonga qaramlikdan qutulish uchun 9 qadam:

    Ba’zan smartfoningiz qo‘lingizning davomiday tuyuladi, chunki unda hamma narsa bor: kontaktlar, chatlar, ish, xaridlar, yo‘l ko‘rsatkich va hatto dam olish ham, chunki filmlarni tomosha qilish va kitob o‘qish ham ko‘pincha kichik ekranda amalga oshiriladi. Agar telefonga to‘liq qaram bo‘lib qolganingizni anglagan bo‘lsangiz, bu odatdan qutulishga intizom va o‘zingizni nazorat qilish yordam beradi. Telefonda o‘tkazadigan vaqtni kamaytirish maqsadini qo‘yib, bir nechta maslahatga amal qilishingiz kerak bo‘ladi.

    1-qadam. To‘liq tozalash

    Ortiqcha ma’lumotlar juda chalg‘itadi, biz ularni sezmay qabul qilamiz va shu bilan diqqatimizni yo‘qotamiz. Shuning uchun kun bo‘yi telefonda o‘tirishni to‘xtatish va undan kamroq foydalanishni o‘rganish uchun birinchi navbatda bosh ekran va ijtimoiy tarmoqlarni tozalash kerak: keraksiz ilovalar, kontaktlar va obunalarni o‘chiring.

    Bu “to‘liq tozalash” deb ataladi. Esda tuting: bir oy davomida kerak bo‘lmagan narsa keyinchalik ham kerak bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

    2-qadam. Joyini o‘zgartirish

    Qaysi ijtimoiy tarmoqlar ko‘proq chalg‘itishini o‘ylab ko‘ring va ularning belgilarini bosh ekrandan olib tashlang. Unutmang, ularni butunlay o‘chirmayapsiz, faqat vaqtinchalik o‘zingizni cheklayapsiz. Bu taqiqlash emas, balki orttirilgan odatlarga qarshi kurashishdir.

    3-qadam. Cheklovlar

    Internetda sarflaydigan vaqtingizni qisqartirish uchun ilovalarga cheklovlar o‘rnating. Telefonda ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar saytlari va ko‘ngilochar xizmatlardan foydalanishni cheklash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.

    Masalan, kuniga 30 daqiqalik cheklov o‘rnatish mumkin. Belgilangan vaqt tugagach, telefon bu haqda xabar beradi va ilovaga kirishni keyingi kungacha bloklaydi.

    4-qadam. “Bezovta qilmang” rejimi

    Как перестать сидеть в телефоне: 9 простых шагов к цифровой свободе

    Telefonda kamroq vaqt o‘tkazish uchun yana bir maslahat — “Bezovta qilmaslik” rejimini yoqishdir. Bu har soniyada kelib, diqqatimizni chalg‘itadigan bildirishnomalarni o‘chirishdir. Bildirishnomalar sezdirmay vaqtimizning katta qismini olib qo‘yadi.

    Telefonga kamroq qarash uchun faqat o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqidagi bildirishnomalarni qoldiring, qolgan barcha bildirishnomalarni (ayniqsa, keraksiz ilovalarnikini) o‘chiring va vaqtingizni behuda sarf qilmang.

    Bildirishnomalar faol bo‘ladigan aniq vaqtlarni belgilang. Masalan, ularni faqat ish vaqtida yoki kunning xabarlar va bildirishnomalarga javob berishga tayyor bo‘lgan paytlarida yoqing.

    6-qadam. Oilaviy an’analar

    Как перестать сидеть в телефоне: 9 простых шагов к цифровой свободе

    Telefonda uzoq vaqt o‘tirishni to‘xtatishning eng yaxshi usuli — bu oila va an’analardir. Yaqinlaringiz bilan kechqurun yoki kechki ovqat paytida telefonlarni chetga qo‘yish va bir-biringiz bilan suhbatlashib, vaqtni maroqli o‘tkazish haqida kelishib oling. Bu nafaqat maqsadga erishishga, balki qarindoshlar bilan yaqinlashishga ham yordam beradi.

    7-qadam. Ikkinchi telefon

    O‘zingiz uchun ikkinchi telefon oling, u ishchi bo‘lsin, unga vaqt cheklovini va ish vaqti bilan statusni o‘rnating. Shunda vaqtingizni nazorat qila olasiz va uy hamda ishni ajrata olasiz.

    8-qadam. Foydalanish muhitini o‘zgartirish

    Ortiqcha vasvasaga berilmaslik uchun keyingi bosqichga — smartfondan foydalanayotgan tashqi muhitni o‘zgartirishga o‘tish lozim. Yotoqxonadan boshlang. Kechqurun u yerdan barcha gadjetlar va elektron qurilmalarni, shu jumladan telefonni olib qo‘yishni odat qiling. Bu uyquga ketishdan oldin va uyg‘onganingizdan keyin qurilmani qo‘lingizga olish kabi avtomatik harakatlardan qochishga yordam beradi.

    Как перестать сидеть в телефоне: 6 техник, которые работают — статья на ТЧК

    9-qadam. Telefonsiz tong

    Kunni qanday boshlashingiz uning samaradorligi va umumiy kayfiyatingizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Samaradorlikni oshirish uchun uyg‘onganingizdan so‘ng darhol telefoningizni qo‘lingizga olmaslikka harakat qiling. Bu sizni ishdan chalg‘itishi va kayfiyatingizni buzishi mumkin bo‘lgan ertalabki bildirishnomalar va xabarlarni tekshirish odatidan qutulishga yordam beradi.

    Yodda tutingki, hayotingiz aynan hozir kechayotgan voqelikdir, uni virtual dunyoga sarflamaslik kerak, chunki unda haqiqiy hayotdagiga qaraganda samimiylik kamroq.

    28 iyun, 11:02   Izoh (0)   699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #smartfon#gadjet#rils#skrolling

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Forbes milliarderi farzandlarini qanday tarbiyalaydi?

    29.07.2024, 17:30

    Telefon nega qizib ketadi va buni qanday bartaraf qilish mumkin?

    23.08.2024, 10:40

    Yangi rang va oval kamera: iPhone 16 smartfonidan qanday yangiliklar kutilmoqda? (foto)  

    24.08.2024, 19:10

    Smartfoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiruvchi 5 ta belgi

    16.10.2024, 12:45

    HUAWEI’dan Yangi yil tuhfalari: har bir gadjet uchun sovg‘a!

    28.12.2024, 19:30

    Dunyodagi eng ingichka va buklanadigan smartfon ­— Oppo Find N5 videosi e’lon qilindi

    11 fevral, 15:51

    Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)

    20 fevral, 09:57

    Uy hayvonlari uchun dunyodagi birinchi smartfon taqdim etildi

    7 mart, 14:35

    Telefonga bo‘lgan qaramlikni yengishning 7 ta usuli

    25 mart, 12:45

    Ob-havoni ko‘rsatuvchi krujka: sun’iy intellekt va piksel displeyga ega noodatiy gadjet sotuvga chiqdi

    28 mart, 19:30

    Ko‘rinmas gadjet: smartfonga qaramlikdan xalos etadigan shaffof plastinkalar ishlab chiqarildi

    20 may, 16:30

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    27 may, 23:35

    Apple’da “Uyg‘onish davri”: kompaniya 2027-yilda qanday gadjetlarni taqdim etadi? 

    28 may, 15:55

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    30 may, 10:24

    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

    30 may, 15:00

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    3 iyun, 13:15

    Nega muzlatkichga magnitlar yopishtirish mumkin emas?

    3 iyun, 16:25

    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

    5 iyun, 15:00

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    19 iyun, 21:00

     Foto va videolarni o‘chirmasdan telefon xotirasini bo‘shatishning 5 ishonchli usuli

    19 iyun, 17:10

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    22 iyun, 23:05

    Smartfon tanlash: qaysi funksiyalar chindan ham kerakli, qaysilari ortiqcha?

    24 iyun, 11:15

    Smartfon nima uchun qiziydi va buni qanday bartaraf etish mumkin?

    24 iyun, 16:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.