• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Seuldan Istanbulgacha: Turkiyada remeyki suratga olingan koreys doramalari

    Koreys doramalari butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etdi, Turkiya ham bundan mustasno emas. Oila va an’analarga hurmat kabi madaniy qadriyatlarning o‘xshashligi tufayli koreys syujetlari turk auditoriyasiga manzur keldi. Turk prodyuserlari mashhur koreys seriallarini o‘zlariga moslashtirib, ba’zan asl nusxadan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erishadigan qayta ishlangan versiyalarni yaratmoqda.

    “Nikoh” va “Bevafo”

    Кадр из сериала «Жизнь в браке»

    “Nikoh” doramasi 2020-yil mart oyida efirga chiqdi. Erining xiyonatidan so‘ng oilasi parchalanib ketgan ayol shifokor rolini Kim Xi E ijro etgan. Syujet markazida oilaviy inqiroz, qasos va ruhiy yaralarni davolash yotadi. Bosh rol ijrochisi “Eng yaxshi ayol roli uchun” Baeksang Arts Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Кадр из сериала «Неверный»

    Mazkur filmning turkcha varianati — “Bevafo” 2020-yil oktyabridan 2022-yil mayigacha Kanal D telekanalida efirga uzatilgan. Asosiy qahramon — Jansu Dere ijrosidagi doktor Asya. Uning oilaviy hayoti erining xiyonatini bilib qolganidan so‘ng izdan chiqadi.

    “Doktor Chxa” va “Bahor”

    Кадр из сериала «Доктор Чха»

    “Doktor Chxa” seriali uzoq yillar davomida uy bekasi bo‘lgan, biroq 20 yildan so‘ng shifokorlik faoliyatiga qaytgan ayol haqida hikoya qiladi. U o‘zining kasbiy faoliyatini tiklashga urinish jarayonida oilaviy mojarolarga va erining xiyonatiga duch keladi. Bosh rolni Om Jong Xva mahorat bilan ijro etgan.

    Кадр из сериала «Бахар. По имени Весна»

    2024-yilda Turkiyada “Bahor” nomli serial taqdim etildi. Bosh rolni Demet Evgar, asosiy erkak rolini esa Bugra Gulsoy ijro etdi. Syujet bo‘yicha, bosh qahramon tibbiyotga qaytadi va asta-sekin yangi qadriyatlar tizimini shakllantiradi. Voqealar turk madaniyati kontekstiga singdirilgan: bu yerda ayolning erga qaramligi va o‘z mustaqilligi uchun kurashi mavzusi alohida aks ettirilgan. Evgar, ayniqsa, oilasi bilan to‘qnashuv sahnalarida, ishonchli va kuchli ijrosi uchun ko‘plab ijobiy baholar oldi.

    “U go‘zal edi” va “Sevadi, sevmaydi”

    Кадр из сериала «Она была красоткой»

    Janubiy Koreyaning “U go‘zal edi” seriali Turkiyaning “Sevadi, sevmaydi” loyihasiga asos bo‘lgan. Ularning syujeti o‘xshash: hayotda omadi chopmagan ayol bolalikdagi dugonasini uchratib qoladi. Tomoshabinlar koreyalik Kim obraziga o‘xshash Deniz rolini ijro etgan aktrisa va Yigit rolini ijro etgan aktyorning mahoratini alohida ta’kidlashgan.

    Кадр из сериала «Любит не любит»

    Ayol avvaliga hayajon va ishonchsizlik bilan yashardi, asta-sekin kuchli shaxs sifatida o‘zini namoyon eta boshlaydi — bu esa remeykning ta’sirchan hissiy asosiga aylanadi. Tomoshabinlar har ikkala versiyani ham iliq kutib olishdi, biroq turk versiyasi ijtimoiy tarmoqlarda ta’sirli dialoglar va kuchaytirilgan drama tufayli ko‘proq muhokama qilindi.

    “Shifokorlar” va “Yurak urishi”

    Кадр из сериала «Врачи»

    “Shifokorlar” nomli koreys doramasida og‘ir fe’l-atvorli qiz va undagi iste’dodni ko‘ra olgan iqtidorli shifokor yigit haqida hikoya qilinadi. “Yurak urishi” nomli turk seriali ham shu sxemani takrorlaydi: Ali Asaf Eylulga shifokor bo‘lishida yordam beradi. Ko‘p yillar o‘tgach, ular Istanbuldagi eng nufuzli shifoxonalardan birida qayta uchrashadi.

    18 iyun, 15:10   Izoh (0)   1501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#turk seriallari#dorama#dizi#kino

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Firdavs Abduholiqov: Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekfilm”ga tashrifi, efirlarda turk seriallarining kamayishi va “O‘zbekkino”ga nisbatan tanqidlar haqida

    23.11.2020, 10:25

    Tomoshabinni ekrandan ko‘z uzmay ko‘rishga undovchi qiziqarli turk seriallari (video)

    28.09.2021, 11:55

    2022-yilda eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta turk seriali

    17.12.2022, 15:50

    “G‘aroyib shifokor” “Qarg‘a” va Turkiyada sevib tomosha qilingan boshqa yangi seriallar

    18.12.2022, 12:30

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55

    Qayg‘uli yakuni bilan tomoshabinlar qalbini tilka-pora qilgan koreys seriallari (treyler) 

    13 fevral, 17:37

    Doramalar nima haqida: Koreys seriallarining to‘rtta mashhur mavzusi

    10 mart, 09:35

    Kinolokatsiyalar: koreys seriallari tez-tez suratga olinadigan mashhur joylar

    20 mart, 09:29

    Qiziqarli syujeti bilan “Kalmar o‘yini”dan qolishmaydigan mashhur koreys seriallari

    27 mart, 11:43

    Yuqori reytingga ega turk seriallari: turklar o‘zi yaxshi ko‘rgan top dizilar

    20 may, 18:40

    Afra Sarachog‘luga yangi partnyor topildi, “Sevgi iztirobi” yulduzi ota bo‘ldi, Kivanch Tatlitug‘ ilmiy-fantastik serialda bosh rolni ijro etadi: turk kinosi yangi...

    17 iyun, 11:11
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Keyn 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin Angliya chempionatiga qaytishi mumkin

    Sport | 30 iyul, 09:57

    Turli sabablarga ko‘ra filmlarda ular ishtirok etgan kadrlar kesib tashlangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 30 iyul, 09:45

    Ukrainada 60 yoshdan oshgan fuqarolarga armiyada xizmat qilish huquqi berildi

    Dunyo | 30 iyul, 09:41

    Turkiyada aeroportdagi samolyotdan tutun chiqdi (video)

    Dunyo | 30 iyul, 09:15

    2026-yilgi Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi aniq bo‘ldi

    Sport | 30 iyul, 08:59

    Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 8,7 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 30 iyul, 08:55

    Samarqandda xonanda Zeboyi Jahon o‘ldirib ketildi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 08:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.