O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo – Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
“Bugun Nyu Dehlida hamkasblarim bilan birgalikda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdik, deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida.

Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida mintaqamiz va Hindiston o‘rtasidagi savdo va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
“Markaziy Osiyo - Hindiston” 4-vazirlar uchrashuvi arafasida bo‘lib o‘tgan ushbu muhim yig‘ilish iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Hindiston vakillarini birlashtirdi”, deb ta’kidladi Baxtiyor Saidov.
Izoh (0)