Buyuk Britaniya armiyasi yangi mudofaa strategiyasi doirasida jangovar harakatlarga doimiy shaylik rejimiga o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Kir Starmerga tayanib Euronews xabar berdi.

Starmer mudofaa xarajatlari rejasini taqdim etgan. Vazir 12 ta yangi suvosti kemasi va o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilishi haqida ham gapirgan.
Biz Buyuk Britaniyada kamida oltita yangi o‘q-dori ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchimiz va mingdan ortiq ish o‘rinlarini yaratmoqchimiz. Biz Yevropaning tiyib turuvchi kuchlarini mustahkamlash uchun minglab yangi uzoq masofali qurollarni yaratamiz va yana 800 ga yaqin ish o‘rinlarini ta’minlaymiz, degan siyosatchi.
Vazir orollar xavfsizligini oshirish uchun havo va raketaga qarshi mudofaaga investitsiyalar yo‘naltirilishini ta’kidlamoqda. Britaniya hukumati yadro kallaklarini ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish uchun 15 milliard funt sterling (18 milliard yevro) ajratish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohasiga sarmoya kiritish niyatida.
Starmer Rossiyani “haqiqiy tahdid” deb atadi va mojaroning oldini olishning eng yaxshi yo‘li unga tayyorgarlik ko‘rish ekanini aytdi.
Putinning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishining og‘ir saboqlari shuni ko‘rsatadiki, harbiylar ularning ortida turgan sanoat qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik kuchli, deydi Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili.
Biz raqiblarimizni yaxshiroq ushlab turish, mamlakatni uyda xavfsiz va xorijda kuchli qilish uchun Buyuk Britaniyaning sanoat bazasini mustahkamlamoqdamiz, degan bosh vazir.
Buyuk Britaniya 2027-yilgacha mudofaa xarajatlarini YIMning 2,5 foizigacha oshirish niyatida.
Izoh (0)