Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan 17 yoshli bola qidirilayotgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura “Daryo”ga yigitning jasadi topilganini ma’lum qildi.

22-avgust kuni Seul Mun sayilgohida 2008-yilda tug‘ilgan bola mazkur kanalga tushib ketgan bosh kiyimni olish maqsadida suvga tushib, oqib ketgan. Bolaning jasadi voqeadan ikki kun o‘tib, 24-avgust kuni topildi.
Hozirda tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, bola ofisiant bo‘lib ishlab kelgan.
- 23-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l suv havzasida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etgandi.
- 36 yoshli ayol va uning 12 va 10 yoshdagi qizlari halok bo‘lgan. Shu kuni Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi.
- 31-iyulda esa Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan dam olish maskanida cho‘milayotgan 23 yoshli yigit cho‘kib ketgandi.
Izoh (0)