Namangan viloyatida ikki nafar o‘smir kanalda cho‘kib, vafot etdi.

Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 23-iyul kuni yuz bergan. 15-16 yoshlar atrofidagi bir necha yigitlar Shimoliy Farg‘ona kanalining Namangan tumani Mirishkor qishlog‘i hududidan o‘tgan qismiga cho‘milish uchun tushgan. Ularning ikki nafari suvdan qaytib chiqmagan.

-_scZgE2s.avif)
Cho‘kib ketgan yigitlardan birining jasadi 25-iyul kuni topilgan. Ikkinchi yigitning jasadi hali ham qidirilmoqda. Qidiruv ishlariga Namangan, Chust va Pop tumanlaridan qutqaruvchilar va g‘avvoslar, shuningdek, viloyat yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari jalb etilgan.
23-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l suv havzasida bir oilaning 3 nafar a’zosi ham cho‘kib ketgandi. 36 yoshli ayol va uning 12 va 10 yoshdagi qizlari halok bo‘lgan.
Izoh (0)