Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan 17 yoshli bola qidirilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, 22-avgust kuni Seul Mun sayilgohida 2008-yilda tug‘ilgan bola mazkur kanalga tushib ketgan bosh kiyimni olish maqsadida suvga tushib, oqib ketgan.
Hozirda Bo‘rijar kanalida Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.
- 23-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l suv havzasida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etgandi.
- 36 yoshli ayol va uning 12 va 10 yoshdagi qizlari halok bo‘lgan. Shu kuni Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi.
- 31-iyulda esa Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan dam olish maskanida cho‘milayotgan 23 yoshli yigit cho‘kib ketgandi.
Izoh (0)