Asli chechenistonlik bo‘lib, Birlashgan Arab Amirliklari bayrog‘i ostida oktagonga chiqib kelayotgan 31 yoshli sportchi Hamzat Chimayev UFC o‘rta vazn (-84 kg) toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. U promoushen tarixida mag‘lubiyatsiz seriya orqali bunday yutuqqa erishgan 16-jangchiga aylandi.

Shu tariqa Chimayev ushbu promoushendagi faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi va UFC’da mag‘lubiyatsiz chempionlikka erishgan sportchilar safidan o‘rin oldi. Bungacha UFC tarixida faqat 15 nafar jangchi chempionlikni mag‘lubiyatsiz seriya orqali qo‘lga kiritgan.
Ular orasida quyidagi sportchilar bor:
- Mark Kolman (1997)
- Rendi Kutur (1997)
- Tim Silviya (2004)
- Rashad Evans (2008)
- Lioto Machida (2009)
- Sheyn Karvin (2010)
- Keyn Velaskes (2010)
- Ronda Rouzi (2012)
- Kris Uaydman (2013)
- Yoanna Endjeychik (2015)
- Holli Holm (2015)
- Kodi Garbrandt (2016)
- Habib Nurmagomedov (2018)
- Isroil Adesanya (2019)
- Iliya Topuriya (2024)
Ma’lumot uchun, Hamzat Chimayev 2025-yil 17-avgust, yakshanba tongida AQShning Illinoys shtati, Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 319 turnirida janubiy afrikalik Drikus dyu Plessis ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)