• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    Bugun, 14-avgust kuni eʼlon qilingan prezident farmonida O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma tuzilishi belgilandi.

    Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali
    Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

    2024-yil 26-dekabr kuni 100 nafar yaralangan falastinlik ayol va bolalar Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingandi. Ular davolanish va salomatligini tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtirilgan. Mehmonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlangan.

    Prezident farmoni bilan mehmonlarga nafaqa, ijara xarajatlari, bir martalik moddiy yordam, bolalar uchun bepul taʼlim va qo‘shimcha kasb-hunar kurslari taqdim etiladi. Sog‘liqni saqlash, taʼlim va bandlik sohalarida maxsus imtiyozlar beriladi. Maxsus jamg‘arma tashkil etilib, u xayriya, grantlar va boshqa manbalardan moliyalashtiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari komissiya qarori bilan ochiq va tartibli sarflanadi.

    Jamiyatga moslashishga ko‘mak

    Farmon bilan mehmonlarni jamiyatga integratsiya qilish ishlarini jadallashtirish, ularning ehtiyojlarini aniqlash ishlarini tashkil qilish uchun davlat muvofiqlashtirish mexanizmi yaratilmoqda.

    Falastin fuqarolarning O‘zbekistonda tez va munosib moslashuvini taʼminlash maqsadida maxsus Respublika komissiyasi tuzilib, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

    • Birinchidan, mehmonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘liq amalga oshirilishi uchun davlat organlari va tashkilotlarining ishi muvofiqlashtiriladi.
    • Ikkinchidan, mehmonlarning mamlakat bo‘ylab joylashuvi tashkil etilib, ularni manzilli ravishda o‘rnashtirish va bu jarayon bilan bog‘liq tashkiliy masalalar tezkor hal qilinadi.
    • Uchinchidan, komissiya mehmonlarning jamiyatga uyg‘unlashuviga doir masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib, mavjud muammolar va to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llarini izlaydi.
    • To‘rtinchidan, Respublika komissiyasi bir oy ichida mehmonlarning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarni o‘rganib, har bir oila uchun ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

    Mahalla darajasida mehmonlar bilan bevosita ishlar “mahalla yettiligi” va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada mehmonlarni mahallaning maʼnaviy muhitiga uyg‘unlashtirish bo‘yicha “mahalla yettiligi” va boshqa vakillarga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

    Farmon bilan falastinlik mehmonlarni ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olish ham nazarda tutilmoqda. Buning uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

    • Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy ichida nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan mehmonlarga qonunda belgilangan davolanish muddatidan qatʼi nazar nogironlik statusini berishni taʼminlaydi;
    • Ikki hafta ichida yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan keksa mehmonlarga nafaqa tayinlashni yo‘lga qo‘yadi.

    Bundan tashqari, mehmonlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi:

    • har bir mehnat yoshidagi mehmonga (I va II guruh nogironlaridan tashqari) oyiga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi to‘lanadi;
    • mehmonlar oilalariga yashash joyi uchun ijara xarajatlari qoplab beriladi;
    • farzand tug‘ilganda va dafn marosimi uchun beriladigan bir martalik nafaqalar O‘zbekiston fuqarolariga ajratiladigan miqdorda to‘lanadi;
    • har bir oilaga birlamchi zaruriy vositalar (nooziq-ovqat mahsulotlari) xaridi uchun bir martalik ko‘tarma puli ajratiladi;
    • har bir oilaga individual yordam ko‘rsatish uchun mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi, u oilaning ehtiyojlari va talablarini qondirishga ko‘maklashadi.

    Taʼlim va sog‘liqni saqlash choralari

    Farmonda alohida urg‘u falastinlik mehmonlarning farzandlarini taʼlimga jalb qilishga berilgan.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mehmonlar farzandlari taʼlim olishiga ko‘maklashadi. Ular yashaydigan manzilda bolalarni davlat maktablari va bog‘chalariga joylashtiradi. Har bir bolaning o‘quv va tarbiya jarayoniga moslashishi uchun maktab va bog‘chalardagi rahbar o‘rinbosarlarini masʼul qilib tayinlaydi.

    Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali
    Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

    Mehmonlar farzandlari davlat bolalar bog‘chalariga bepul qabul qilinadi. Ota-onalar 2028-yil 1-yanvargacha bog‘cha xizmatlari uchun to‘lovdan ozod etiladi. Bolalar davlat bog‘chalari va maktablariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida navbatsiz qabul qilinadi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mehmonlarning xorijda olingan taʼlim hujjatlarini ikki oy ichida testsiz va yig‘imsiz tan oladi. Ushbu choralar mehmonlar va ularning oilalariga O‘zbekistonda taʼlim olish va muhitga tez moslashish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi mehmonlarni yashash joyiga yaqin oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy poliklinikalarida ro‘yxatga olishni taʼminlaydi.

    Mehmonlarga davlat byudjeti hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatishda kambag‘al oilalarga beriladigan imtiyozlar qatorida yordam yo‘llanmalari ajratiladi. Bu choralar mehmonlarga tez va sifatli tibbiy xizmat olish imkonini beradi.

    Bandlik masalasi

    Farmonda falastinlik mehmonlarga O‘zbekistonda ish, kasbiy bandlik masalasida ham yordam berish alohida topshiriq sifatida belgilangan.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi bir oy ichida mehmonlarning ish topishiga yordam berish va ularga zamonaviy kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari mehmonlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun amaliy choralar ko‘radi. Bu borada “Oilaviy tadbirkorlik”, “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash”, “Biznesga birinchi qadam” va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturlaridan foydalaniladi.

    Mehmonlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, buyurtmalar qabul qilish va ajratilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish mahalla bankirlari va hokim yordamchilari zimmasiga yuklanadi.

    Maxsus jamg‘arma tuziladi

    Farmonda falastinlik mehmonlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha ishlarni moliyalashtirish ham nazarda tutilgan va uning mexanizmi belgilangan.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Tuzilma mehmonlar ehtiyojlarini qondirish va ularga ko‘maklashish uchun moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi.

    Jamg‘arma quyidagi manbalar orqali shakllantiriladi:

    • yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya va homiylik yordamlari;
    • xalqaro tashkilotlar grantlari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
    • jamg‘armaning vaqtincha ishlatilmagan pullarini bank depozitlariga qo‘yishdan olinadigan foizlar.

    Pullar mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va xizmatlarni tashkil etishga sarflanadi. Shu bilan birga, turli xarajatlarni qoplash va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari, moddiy yordam hamda ijtimoiy yordam choralarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

    Mehmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan maxsus jamg‘arma mablag‘lari Respublika komissiyasining qaroriga ko‘ra sarflanadi. Xarajatlar yo‘nalishlariga faqat komissiya qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Mehmonlarga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan uy-joy yoki transport vositalari kabi mol-mulklar mahalliy hokimliklar balansiga o‘tkaziladi va ularni boshqarish Respublika komissiyasiga yuklatiladi.

    Falastindagi qirg‘in dunyo eʼtiborida

    So‘ngi paytlarda Falastindagi vaziyat jahon hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi maʼlumotlariga ko‘ra, G‘azo aholisining to‘rtdan bir qismi ochlikka yaqin sharoitda yashayapti. 100 mingga yaqin ayollar va bolalar to‘yib ovqatlanmaslikning og‘ir shaklidan aziyat chekmoqda va shoshilinch davolanishga muhtoj.

    Shu fonda dunyoning ko‘plab davlatlari mojaroni diplomatik yo‘l bilan tezroq hal qilish tarafdori. Bundan tashqari, dunyoning bir qator mamlakatlari falastinliklarga insonparvar yordam ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqdi. Xususan, BAA, Iordaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa bir qator davlatlar insonparvarlik yordamini havo yo‘llari orqali yetkazib berishni tashkil etdi.

    O‘zbekiston harbiy harakatlar boshlanganidan buyon mojaroni xalqaro huquq normalari asosida tinch yo‘l bilan tezroq hal etish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Jumladan, 2023-yil 3-noyabrda o‘tkazilgan Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, o‘t ochishni to‘xtatishga va gumanitar maqsadlarda sulhga o‘tishga chaqirgan.

    Davlat rahbari 2023-yil 1-noyabr kuni Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston tomonidan 1,5 million dollar ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.

    14 avgust, 22:48   Izoh (0)   928
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.