• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar Ilm-fan Salomatlik

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Ruhiy qashshoqlik bu inson o‘zini imkoniyatlar, resurslar va yutuqlar borasida ongsiz ravishda cheklovchi tafakkur turi hisoblanadi. Bu shunchaki o‘ziga ishonmaslik emas, balki insonning o‘sishiga, rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan, ongida chuqur ildiz otgan noto‘g‘ri tushunchalardir. Bunday holat hayotning turli jabhalarida — moliyaviy, kasbiy yoki shaxsiy sohalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu atama haqida Rossiyalik psixolog Viktoriya Silka batafsil tushuntirdi.

    Foto: Filmdan kadr

    Ruhiy qashshoqlikning belgilari:

    🔹 Yetishmovchilik haqida fikrlar — doim nimadir yetishmayotgandek his qilish: bunday odamlar har doim o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olmaslik uchun sabab topadi.

    🔹 O‘zini boshqalar bilan solishtirish — boshqa insonlarning yutuqlarini tahlil qilish va o‘zini past ko‘rish. Bu odamlar ko‘pincha faqat boshqalarning muvaffaqiyatiga qarab yashaydi, o‘zining erishgan narsalarini unutadi.

    🔹 Muvaffaqiyatdan qo‘rqish — komfort zonadan  chiqishga nisbatan ichki qo‘rquv. Ular ba’zida o‘zining yutuqlarini o‘zi buzadi, chunki o‘zgarishlardan qo‘rqadi.

    🔹 O‘zini qurbon qilish — doim boshqalarning manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish odati. Bunday odamlar o‘z istaklari va ehtiyojlari uchun o‘zini aybdor his qiladi.

    🔹 Erishgan narsalarni qadrlamaslik — o‘zining yutuq va iqtidorlarini tan olishni bilmaslik. Bunday odamlar muvaffaqiyatlarini baxt yoki tasodif deb hisoblab, o‘zini zaiflashtiradi.

    Ruhiy qashshoqlikning xavfi nimada?

    Psixologik qotib qolish — ruhiy qashshoqlikning birinchi va eng aniq belgisidir. Inson bir joyda to‘xtab qoladi, motivatsiyasini yo‘qotadi va asta-sekin yomonlashadi. Rivojlanish umuman bo‘lmaydi.

    Foto:Filmdan kadr

    Doimiy o‘zini boshqalar bilan solishtirish oqibatida ijtimoiy izolyatsiya yuzaga keladi. Inson o‘zining “kamchiliklarini” ko‘rsatishdan qo‘rqib, muloqotdan qochishni boshlaydi. Bu esa yopiq aylana hosil qiladi: muloqot qancha kamaysa, izolyatsiya hissi shuncha kuchayadi.

    Moliyaviy qiyinchiliklar — odamning o‘z imkoniyatlariga ishonmasligi va o‘zini cheklashi natijasidir. Inson moddiy holatini yaxshilash imkoniyatiga ishonmaydi, bu esa doimiy moliyaviy muammolarga olib keladi.

    Oilaviy qarashlar ruhiy qashshoqlikning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. “Pul yomon”, “boylarning hammasi yomon”, “oliy ma’lumot muvaffaqiyatni kafolatlamaydi” kabi iboralar bolalikdan ong ostiga singdiriladi. Bu qarashlar avloddan-avlodga o‘tishi mumkin. Ijtimoiy muhit esa bu qarashlarni kuchaytiradi. Agar sizning atrofingizda shunday fikrlovchi odamlar ko‘p bo‘lsa, bu doiradan chiqish qiyinlashadi. Muhit umumiy e’tiqod, qadriyat, fikrlash tarzini va xulq-atvorni shakllantiradi.

    Shaxsiy muvaffaqiyatsizliklar esa salbiy ishonchlarni mustahkamlaydi. Bir muvaffaqiyatsizlik ko‘plab imkoniyatlarni bekor qilishi mumkin. Muhimi shundaki, muvaffaqiyatsizliklar maqsadga erishish yo‘lida oddiy qism hisoblanadi.

    Ruhiy qashshoqlikdan qanday qutulish mumkin?

    • Ishonchni o‘zgartirish — ruhiy qashshoqlikdan qutulishning birinchi qadami. O‘zini cheklovchi qarashlarni aniqlab, ularni qayta ko‘rib chiqish kerak. So‘zlaringiz va fikrlaringizni tahlil qiling. Salbiy qarashlarni ijobiylari bilan almashtiring. Zarur bo‘lsa, psixologga murojaat qiling.

    • Maqsad qo‘yish — yangi kelajak tasavvurini yaratishga yordam beradi. Aniq, o‘lchab bo‘ladigan va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni belgilang. Maqsadlar real bo‘lishi va vaqt bilan cheklangan bo‘lishi lozim.

    • O‘xshash fikrli do‘stlar muhiti motivatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

    • Fikr yuritish o‘rniga harakat qilish — ruhiy qashshoqlikni yengishning asosiy tamoyili. Hatto kichik qadamlar ham doimiy tahlildan ko‘ra samaraliroq.

    • Yutuqlar kundaligini yuritish — juda foydali. Hatto kichik yutuqlarni ham yozib boring.

    • O‘qish va rivojlanish — muvaffaqiyat kaliti. Kasbiy adabiyotlarni o‘qing. Kurslarga qatnashing. Yangi hobbilarga urinib ko‘ring. Turli ko‘nikmalarni rivojlantiring.

    • Moliyaviy savodxonlik pulga bo‘lgan qo‘rquvni yengishga yordam beradi. Investitsiya, moliya boshqaruvi, daromadni oshirish, tejash va jamg‘arish asoslarini o‘rganing.

    • Ruhiy qashshoqlikdan qutulish — sabr va matonat talab qiladigan uzoq jarayon. Ammo natija bunga arziydi: fikrlash erkinligi yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va haqiqiy salohiyatga erishishga yordam beradi.

    Eslatma: Sizning fikrlaringiz bu rivojlanishga yo‘l ochuvchi yoki uni to‘xtatuvchi eng asosiy manba hisoblanadi. Har kuni o‘z qarashlaringizni o‘zgartirish va yangi boshlash uchun imkoniyat tug‘iladi.

    13 avgust, 19:22   Izoh (0)   1841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ruhiy qashshoqlik#salomatlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02

    Iroqda ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi (video)

    Dunyo | 14 avgust, 11:48

    O‘zbekistonliklar xorijdagi harbiy mojarolarda qatnashmaslikka chaqirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 11:33

    Portugaliyada 100 kilogrammlik ayol tasodifan erini bosib o‘ldirib qo‘ydi

    Dunyo | 14 avgust, 11:20

    Germaniya AQSHning Ukrainaga mo‘ljallangan 500 mln dollarlik qurol-yarog‘ paketini moliyalashtiradi

    Dunyo | 14 avgust, 11:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.