O‘zbekiston Superligasi 18-turi doirasidagi navbatdagi bahs G‘uzorda bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy “Sho‘rtan” klubi Farg‘onaning “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Abdug‘fur Haydarov hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Datsi Kleydi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim oxirida Aziz Pirmuhammedov “Sho‘rtan”ning javob golini kiritib, taymning 1:2 ko‘rinishida yakunlanishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘lim ham shiddatli o‘tdi. Har ikki jamoa navbatma-navbat xavfli hujum uyushtirdi, biroq muxlislar boshqa gollarga guvoh bo‘lishmadi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng farg‘onaliklar hisobidagi ochkolar soni 15 taga yetdi va ular turnir jadvalining 13-pog‘onasiga ko‘tarilishdi. “Sho‘rtan” esa 10 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi o‘rnidan joy olgan.
O‘zbekiston Superligasi
18-tur
12-avgust, seshanba
“Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912” 1:2
Gollar: 0:1 — Haydarov (6), 0:2 — Kleydi (36), 1:2 — Pirmuhammedov (44)
Izoh (0)