Rossiyaga o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan migrantlarning kirishi umrbodga taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi “Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” fraksiyasi deputatlari tomonidan tayyorlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Loyiha muallifi fraksiya rahbari Sergey Mironov hisoblanadi. Qonun loyihasi 4-avgust kuni Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Rossiyaga kirishni umrbodga taqiqlash milliy xavfsizlik, jamoat tartibi va Rossiya fuqarolari huquqlarini himoya qilish choralarini kuchaytirishga qaratilgan, deyiladi loyihaga ilova qilingan tushuntirish xatida.
Mironovning ta’kidlashicha, qonun loyihasi Rossiya hududida o‘ta og‘ir jinoyatlarni takroran sodir etish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. U loyihaning qabul qilinishi “Rossiya fuqarolari uchun xavf tug‘diruvchi potensial jinoyatchilar — muhojirlarning kirishiga qarshi ishonchli huquqiy to‘siq” yaratishini aytdi.
Kirish taqiqi sudlanganlik olib tashlanishi yoki olib tashlanmaganidan qat’i nazar amal qilishi kerak, dedi parlament Mironov.
Izoh (0)