Quyoshda 1-avgust kuni 15 ta yorqin chaqnash ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Fazoviy tadqiqotlar instituti hamda Quyosh—Yer fizikasi instituti ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnashlarning aksariyati Yer va Quyosh o‘rtasidagi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan 4167 raqamli faol hududda sodir bo‘lgan. Qolganlari esa yulduzning turli yuzalarida kuzatilgan. Shuningdek, olimlar 31-iyul kuni ham 6 ta shunday hodisa qayd etilganini ma’lum qilmoqda. Tadqiqot markazi mutaxassislari quyosh faolligi asta-sekin barqarorlashayotganini va hozircha ushbu hodisalar Yerga hech qanday zarar yetkazmaganini ma’lum qilgan.
Fazoviy tadqiqotlar institutining bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori Sergey Bogachevga ko‘ra, chaqnashlar Quyosh hayotining tabiiy belgisi hisoblanadi. U bunday portlashlarni inson yurak urishi bilan taqqoslaydi va, aksincha, bunday hodisalarning sodir bo‘lmasligi xavfli ekanini ta’kidlaydi.
Izoh (0)