• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    Har kuni ertalab uyg‘onganingizda birinchi nima qilasiz? Ehtimol, siz ham birinchi bo‘lib Instagram’ga kirarsiz. Balki, TikTok sizni uxlab yotgan miyangizni uyg‘otayotgan yagona narsa bo‘lib qolgandir... Tan oling, siz ham qulsiz. Mana bu telefon va o‘nlab ijtimoiy tarmoqlarning qulisiz. Balki buni tan olishni istamassiz, ammo rad etishga ham jurʼatingiz yetmaydi.

    Bugunning bolalari ko‘chada o‘yin o‘ynashmaydi, ular quvlashmachoq, bekinmachoq kabi o‘yinlarni allaqachon onlaynlariga almashtirib bo‘lishgan. Do‘stlik, tanish-bilishlik rishtalari ham allaqachon obunachi tushunchasi bilan o‘rin almashgan. Baʼzan yashirilishi kerak bo‘lgan oilaviy ikr-chikirlarni ham ommaga oshkor etishning vositasi aynan ijtimoiy tarmoq bo‘lib qolgan.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Yaqinlaringizning tavallud kuni bilan ham aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklaysiz. Kasal qarindoshingizdan ko‘ngil so‘rash ham uning yordamida amalga oshiriladi. Balki ishonmassiz, ammo u hayotimizning bir emas juda katta bo‘lagi bo‘lib qolgan.

    2025-yili xalqaro statistika xulosalariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng ko‘p ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan davlat bu Fillipin ekan. U yerda kuniga 4 soat 5 daqiqa, Braziliyada 3 soat 44 daqiqa, Nigeriyada 3 soat 49 daqiqa, Janubiy Afrika va Chilida 3 soat 34 daqiqa, Turkiyada 2 soat 56 daqiqa, Misrda esa 2 soat 40 daqiqa, Hindiston 2 soat 29 daqiqa vaqt sarflashar ekan.

    O‘zbekistonda-chi?  To‘g‘ri, hozircha bu bo‘yicha hech qanday statistik maʼlumot yo‘q, ammo ishonch bilan aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va unga ko‘p vaqt ajratish borasida yuqorida tilga olingan davlatlardan u qadar ortda emasmiz. Menimcha, kerakli kontentlarga nisbatan nokeraklariga ko‘proq vaqt ajratamiz. Soatlab YouTube va Instagram’dagi qisqa videolarni ko‘radiganlar ham yetarlicha topiladi.

    2024-yilning aprel oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Instagram foydalanuvchilari soni 9 427 600 tani tashkil qilgan. Bu O‘zbekiston aholisining 27 foizini tashkil etadi.

     

    Facebook foydalanuvchilari soni esa 2024-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, 10 096 600 tani tashkil etgan. Bu O‘zbekiston aholisining 28.9 foizini qamrab olgan degani.

    Messenger foydalanuvchilari soni esa 2 275 500 taga yetgan va bu O‘zbekiston aholisining 6.5 foizini tashkil etadi.

     Ijtimoiy tarmoqlar zararlimi?

     Albatta yo‘q. Uning ham foydali jihatlari ko‘p. Uning yordamida aloqa osonlashishi bilan birga, daromad qilish, taʼlim olish yoki ijodkorlik qobiliyatini namoyon etish ham mumkin. Uning jamiyat birlashuvidagi muhim jihatini esa so‘z bilan taʼriflab bo‘lmaydi. Sir emas, keyingi vaqtlarda mudrayotgan davlat tashkilotlarini uyg‘otayotgan ham ijtimoiy tarmoqlar bo‘lib qolgan. Yillab yechimini topmagan masalalar yoki umuman eʼtibor ham berilmagan masalalar ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingach, hal etiladi.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Yaqinda bir tanishim bilan ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanish haqida bahslashib qoldik. U vaqtning “o‘g‘risi” ekanini va keyin saviyasiz vaynerlarning maʼnosiz vaynlarini ko‘rib, kishi foyda topmasligini aytdim. “Eh, siz ularning qanchalik mashhur ekanini bilmaysiz, uning 1,5 millionta kuzatuvchisi bor. Sizning bir oylik maoshingizni bitta reklamasidan topadi”, deb qoldi. Balki... daromad topar ammo bundan 1 millionta obunachiga nima foyda?! Agar ayrimlar o‘ylagandek, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish va obunachilarining sonining ko‘pligi zamonaviylikning belgisi bo‘lsa, bilmadim...

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Darvoqe,  tahlillarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan juda yomon munosabatda bo‘lishar ekan. Yaʼni ular qanchalik zamonaviy va rivojlangan mamlakat bo‘lmasin, kuniga bor yo‘g‘i, o‘rtacha bir yarim soat vaqt sarflasharkan. Balki ishonmassiz, juda ko‘p texnik ixtirolarning muallifi bo‘lgan va uzoq umr ko‘rish, sog‘lom yashash borasida dunyo bo‘yicha yetakchilik qiladigan Yaponiya ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish borasida ortda qolib ketgan ekan. U yerda kuniga ko‘pi bilan atigi 47 daqiqa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishar ekan. Tanishimning fikrlaridan kelib chiqqan holda aytsak, Yaponiya zamonaviylikdan ortga qolgan, qoloq davlatmi?

     Balki ishonmassiz, kuzatishlarimizga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘smirlar kuniga o‘rtacha 6-7 soat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmoqda. Ayniqsa, TikTok, Instagram va YouTube tarmog‘idagi qisqa videolar ularning eng sevimli kontentlari bo‘lib qolgan. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Ammo bu hali hammasi emas. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lgan qaramlik jiddiy kasalliklarga ham sabab bo‘ladi.

    Doimiy taqqoslash, “ideal hayot” suratlarini ko‘rish ruhiy tushkunlikni keltirib chiqaradi. Bu esa insonda depressiya va stressni keltirib chiqaradi.

    Kishida ijtimoiy izolyatsiya hissi ortadi, yaʼni u o‘z-o‘zini past baholaydi.

    Information overload – ortiqcha maʼlumot bosimi miyani charchatadi. Keraksiz maʼlumotlar bilan to‘lgan miya keraklisini qabul qilishga o‘zida kuch topolmaydi.

    Ijtimoiy tarmoqlarga qaram kishilarda Insomnia yaʼni uyqusizlik paydo bo‘ladi. Chunki kechasi telefon ekranidan chiqadigan ko‘k nur melatonin gormoni ishlab chiqarilishini to‘xtatadi va bu uyqu sifatini pasaytiradi.

    Attention Deficit — bu tibbiy terminni eʼtibor yetishmovchiligi deb tarjima qilsak bo‘ladi. Yaʼni telefonga qaram kishilarda diqqatni jamlash muammosi yuzaga keladi.

    Ko‘z, yelka va bo‘yin kasalliklarini keltirib chiqarishini eslatish shart emas. Chunki soatlab telefon ekraniga tikilgan insonda bunday muammolarning kelib chiqishi tabiiy.

     Eksperiment: siz ham qarammisiz?

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Dofamin — bu miyadagi “baxt gormoni” hisoblanadi. U bizni rag‘batlantiradi, quvonch va zavqni his qilishimizga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda like, follow va yangi xabarlar olish miyada dofamin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Kishi o‘zi bilmagan holda tez-tez ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga kirib, ularni kuzatadi. Ammo doimiy va haddan tashqari foydalanish dofamin tizimini charchatadi. Miyadagi dofamin retseptorlari sezgirligi kamayadi. Natijada kishida kayfiyatsizlik va tushkunlik xavfi oshadi. “Yo‘q, men ijtimoiy tarmoqlarga qaram emasman, menda hech qanday jiddiy o‘zgarish yo‘q”, deyishga shoshilmang. Buni hoziroq sinab ko‘rishimiz mumkin. Agar 5 daqiqa ichida telefonga uch marta qarasangiz demak siz ham qaramsiz!

    “Xavfli virus”— o‘limga sabab bo‘lishi mumkin!

    Foto: Instagram
    Foto: Instagram

    Balki telefon yoki ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlikni vaqtinchalik ermak deb hisoblayotgandirsiz. Ammo u haqiqatan ham xavfli virus, baʼzi hollarda kishining o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin. 2025-yilning 24-aprel kuni hindistonlik instabloger Misha Agraval o‘z joniga qasd qildi. U ikki kundan keyin 25 yoshni qarshilashi kerak edi. Singlisi Mukta Agraval Hindustan Times va The Indian Express nashrlariga bergan intervyusida opasi bir necha haftadan buyon depressiyada bo‘lganini, ayniqsa Instagramʼdagi obunachilari kamaygani sababli o‘zini keraksizdek his qilayotgani haqida aytganini esladi. Misha bir million obunachiga erishishni orzu qilgan va obunachilarning kamayishi unga ruhiy zarba bo‘lgan.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Ammo bu voqea birinchisi ham oxirgisi ham emas. AQSHda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida depressiya va o‘z joniga qasd qilish holatlari 2010-yillardan boshlab keskin oshgan. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, bu holat ijtimoiy media bilan chambarchas bog‘liq ekan.

    JAMA tibbiyot jurnali maʼlumotlariga ko‘ra, ular 4 yil davomida 9–11 yoshdagi bolalarni kuzatishgan. Ekran bilan kompulsiv bog‘liqlik sabab o‘z joniga qasd qilish ehtimoli 2–3 barobar yuqoriroq ekanini aniqlashgan.

    Foto: Generated by AI
    Foto: Generated by AI

    Bizga anchayin yaqin bo‘lgan qo‘shni Qozog‘istonda ham juda qo‘rqinchli voqea sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan qiz ota-onasi tomonidan telefon ishlatishiga taqiq qo‘yilganidan so‘ng, o‘z joniga qasd qilgan. Bu 2018-yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan va rasman tasdiqlangan. Ozarbayjonda esa telefon sabab bundan-da dahshatli jinoyat sodir etilgan. Xachmaz tumanida 15 yoshli bola o‘z onasini o‘ldirgan. Bunga sabab bola onasidan o‘yin o‘ynash uchun telefonini so‘ragan. Onasidan rad javobini olgach, uni pichoqlab o‘ldirgan. O‘shanda bola endigina 9-sinfda tahsil olayotgandi. Politsiya xodimlari uni qo‘lga olishgan va tegishli tartibda javobgarlikka tortishgan.

    Nimalarga eʼtibor kerak?

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Birinchidan, ortiqcha maʼlumotlar juda chalg‘itadi, biz ularni sezmay qabul qilamiz va shu bilan diqqatimizni yo‘qotamiz. Shuning uchun kun bo‘yi telefonda o‘tirishni to‘xtatish va undan kamroq foydalanishni o‘rganishga birinchi navbatda bosh ekran va ijtimoiy tarmoqlarni tozalash kerak: keraksiz ilovalar, kontaktlar hamda obunalarni o‘chiring. Bu “to‘liq tozalash” deb ataladi. Esda tuting:bbir oy davomida kerak bo‘lmagan narsa keyinchalik ham kerak bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

    Ikkinchidan, qaysi ijtimoiy tarmoqlar ko‘proq chalg‘itishini o‘ylab ko‘ring va ularning belgilarini bosh ekrandan olib tashlang. Unutmang, ularni butunlay o‘chirmayapsiz, faqat vaqtinchalik o‘zingizni cheklayapsiz. Bu taqiqlash emas, balki orttirilgan odatlarga qarshi kurashishdir.

    Uchinchidan, internetda sarflaydigan vaqtingizni qisqartirish uchun ilovalarga cheklovlar o‘rnating. Telefonda ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar saytlari va ko‘ngilochar xizmatlardan foydalanishni cheklash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud. Masalan, kuniga 30 daqiqalik cheklov o‘rnatish mumkin. Belgilangan vaqt tugagach, telefon bu haqda xabar beradi hamda  kirishni keyingi kungacha bloklaydi.

    To‘rtinchidan, telefonda uzoq vaqt o‘tirishni to‘xtatishning eng yaxshi usuli — bu oila va anʼanalardir. Yaqinlaringiz bilan kechqurun yoki kechki ovqat paytida telefonlarni chetga qo‘yish va bir-biringiz bilan suhbatlashib, vaqtni maroqli o‘tkazish haqida kelishib oling.

    Unutmang, kunni qanday boshlashingiz uning samaradorligi va umumiy kayfiyatingizga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Samaradorlikni oshirish uchun uyg‘onganingizdan so‘ng darhol telefoningizni qo‘lingizga olmaslikka harakat qiling. Bu sizni ishdan chalg‘itishi va kayfiyatingizni buzishi mumkin bo‘lgan ertalabki bildirishnomalar va xabarlarni tekshirish odatidan qutulishga yordam beradi.

    Foto: Yandex
    Foto: Yandex

    Yodda tutingki, hayotingiz aynan hozir kechayotgan voqelikdir, uni virtual dunyoga sarflamaslik kerak, chunki unda haqiqiy hayotdagiga qaraganda samimiylik kamroq. Agar kuniga o‘rtacha 4 soat vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarga sarflayotgan bo‘lsangiz, siz nimalarni yo‘qotishingizni hisob-kitob qilib ko‘ramiz. Bir qarashda 4 soat sizga ozdek tuyulishi mumkin, ammo bir oy davomidagi foydalanish sabab, siz oyida 120, yiliga esa 1 460 soat vaqtingizni yo‘qotasiz. Bu to‘liq 60 kunni yaʼni ikki oy vaqtingizni telefon ekraniga tikilish bilan o‘tkazdingiz degani. Endi o‘ylab ko‘ring, 2 oy ichida siz nima qilishingiz mumkin edi?

    ✅ Yangi til o‘rganish
    ✅ Kitobxonlik odatini shakllantirish
    ✅ Sport bilan shug‘ullanish
    ✅ Oilangiz, do‘stlaringiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish
    ✅ Mustaqil kasb yoki freelanserlikni boshlash

    Xulosa o‘rnida shuni aytolamanki, ijtimoiy tarmoq vosita bo‘lishi kerak, maqsad emas. Aks holda, biz telefonni emas, telefon bizni boshqaradi.

                                                                                                                                                Nargiza Murodova

    2 avgust, 22:00   Izoh (0)   825
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.