- BYD SEALION 7 — bu O‘zbekistonda taqdim etilayotgan o‘rta hajmdagi hamda premium toifadagi yangi elektr SUV modeli bo‘lib, nafis dizayni, ilg‘or texnologiyalari, ishonchli xavfsizlik tizimlari, shuningdek, keng hamda qulay interyeri bilan elektromobillar olamida yangi standartlarni belgilaydi.
- Model BYD’ning e-Platforma 3.0 bazasida ishlab chiqilgan. Unga CTB (Cell-to-Body) texnologiyasi va 8 funksiyali yagona boshqaruv moduli integratsiyalangan, bu esa barqaror va samarali harakatni ta’minlaydi.
- SEALION 7 — tejamkorlik va haydash zavqining ideal uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan tejamkor elektromobil sifatida har bir bosib o‘tilgan kilometrda haydovchiga zavq, qudrat va ishonch baxsh etuvchi texnologik mo‘jiza. 7 390 kVt quvvatga ega elektromotori (AWD 542KM Flagman versiyasi) bilan u 0 dan 100 km/soatgacha bor-yo‘g‘i 4,5 soniyada tezlashadi. Bu esa har kungi boshqaruvni oddiy haydovdan haqiqiy sarguzashtga aylantiradi.
- SEALION 7 — bir zaryad bilan 567 km (NEDC) masofani bosib o‘tadi va 30 daqiqa ichida 30% dan 80% gacha tez zaryadlanadi, bu esa uzoq safarlar uchun qulay va ishonchli tanlov.
BYD — yangi energiya manbalarida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi — Tashkent City markazida o‘zining navbatdagi flagman modeli BYD SEALION 7 elektrokrossoverini tantanali tarzda taqdim etdi. Taqdimot iliq va samimiy muhitda, kompaniya uchun qadrli auditoriya — mijozlar, ishonchli hamkorlar hamda OAV vakillari ishtirokida unutilmas tarzda o‘tkazildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, BYD 2025-yilda nufuzli “Fortune Global 500” reytingida 91-o‘rinni egallab, global avtomobilsozlik sanoatidagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamladi.
“Biz avtomobil emas, hayot tarzini taklif etamiz”
Markaziy Osiyo bo‘yicha BYD’ning mintaqaviy boshqaruvchi direktori Ivan CAO tadbirda quyidagilarni qayd etdi:
“BYD O‘zbekiston bozoriga kirganida, bizning maqsadimiz oddiygina avtomobil sotishdan ancha kengroq edi. Bizning missiyamiz — o‘sha vaqtda ham, hozir ham — yangi hayot tarzini taqdim etish va har bir oila uchun barqarorroq harakatchanlik kelajagini shakllantirishga hissa qo‘shishdan iborat.”
Uning ta’kidlashicha, ushbu g‘oya O‘zbekistonda faol va ishonchli dilerlik hamkorlari bilan birgalikda, joylardagi turli tashabbuslar orqali amaliyotga tatbiq etilgan. Faqat so‘nggi 12 oy ichida mamlakat bo‘ylab 274 ta yorqin tadbir muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Ilhom bag‘ishlovchi loyihalar va keng auditoriya
“Tech Tour”, “Electric Summer”, “Family Tour” va “NEV Academy” kabi loyihalar orqali BYD turli yoshdagi mijozlarga nafaqat yangi texnologiyalar bilan tanishish, balki quvonch va ilhom bag‘ishlaydigan tajribalarni ham taqdim etmoqda.
Bugungi kunda xaridorlar tobora ko‘proq kenglik, yuqori unumdorlik va innovatsion yechimlarni izlayotgan bir davrda, BYD faxr bilan yangi flagman elektrokrossoveri — SEALION 7ni taqdim etadi.Ushbu model zamonaviy shahar harakatchanligida yangi standartlarni belgilaydi va BYD’ning texnologik yetakchiligini yana bir bor namoyon etadi.
Model ikkita to‘liq jihozlangan versiyada taqdim etiladi, jumladan yuqori unumdorlikka ega AWD (to‘liq privodli) variantda ham. Bu avtomobil shahar ichida ham, uzoq safarlarda ham nihoyatda qulay. E’tiborga molik jihati shundaki, SEALION 7 modeli Yevropa yangi avtomobillar xavfsizligi dasturi (Euro NCAP) va Avstralaziya xavfsizlik dasturi (ANCAP) tomonidan besh yulduzli xavfsizlik bahosiga loyiq deb topilgan. Bu yutuq SEALION 7 modelining yuqori sifat va ilg‘or xavfsizlik tizimlarining mukammal uyg‘unligi ekanini yaqqol tasdiqlaydi.
Okeandan ilhomlangan dizayn va dinamik ko‘rinish
BYD SEALION 7 to‘rt xil eksteryer ranglarda taklif etiladi: Atlantis ko‘k, Qutb oq, Obsidian qora va Indigo kulrang. Okeandan ilhomlangan nafis dizayn va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida yaratilgan bu SUV hayotni to‘liq quvvatda yashaydiganlar uchun mo‘ljallangan. Uning silliq, oqimga o‘xshash chiziqlari va aerodinamik silueti SEALION 7’ga sportcha va kelajak ruhidagi ko‘rinish beradi va qayerga bormang, e’tiborni tortadi. Kengaytirilgan g‘ildirak bazasi esa avtomobilning tashqi dinamizmini kuchaytirish bilan birga, ichkarida ham keng va qulay makon yaratadi; uslub va funksionallik bir joyda jamlangan.
SEALION 7 ning o‘ziga xos “OCEAN X” old dizayni mustahkam X-shaklidagi tuzilmasi bilan ajralib turadi va avtomobilga viqorli, qat’iyatli va kuchli ko‘rinish bag‘ishlaydi. Past joylashgan kapot, cho‘zilgan fastbek silueti hamda ikki qator yon chiziqlar okean to‘lqinlarining energiyasini eslatadi, bu esa nafislik va harakatchanlikni birlashtirgan jozibali tashqi ko‘rinish yaratadi. SEALION 7 ning orqa chiroqlari zamonaviy uslubda yaratilgan bo‘lib, to‘g‘ri chiziqli yoritgichlar suv tomchilariga o‘xshash nuqtali elementlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu detallar suv zarrachalarining tezkor harakatini eslatadi va avtomobilga zamonaviy, jonli ko‘rinish bag‘ishlab, yo‘lda boshqa modellardan ajralib turishini ta’minlaydi.
BYD SEALION 7 Texnik xususiyatlari
Ko‘rsatkichlar | RWD 567 km Flagship | AWD 542 km Flagship |
Uzunlik / Kenglik / Balandlik (mm) | 4830 × 1925 × 1620 | |
Dvigatel maksimal quvvati (kW) | 230 | 390 |
0–100 km/soat tezlanish vaqti (soniya) | 6.7 | 4.5 |
NEDC siklida elektr yurish masofasi* (km) | 567 | 542 |
30% dan 80% gacha tez zaryadlash vaqti (DC)* | 30 daqiqa | |
Batareya turi | BYD Blade Battery (LFP) | |
Batareya sig‘imi (kWh) | 82.5 |
BYD SEALION 7 ikki komplektatsiyada taqdim etiladi:
- AWD Flagship 542 km - 503 000 000 so‘m
- RWD 567 KM Flagship - 451 100 000 so‘m
Avtomobil uchun 6 yil kafolat yoki 150 000 km, batareya uchun 8 yil yoki 150 000 km.
Sovg‘a sifatida 1 yil bepul internet (oyiga 2 GB), 7 kVt quvvatli zaryadlash stansiyasi va VtoL texnologiyasi.
Hayot tarzinigizni yangilang - ilg‘or texnologiyalar va ekologiyani tanlang.
BYD’ning rasmiy dilerlaridan bugunoq buyurtma bering: https://bydauto.uz/contacts
Aloqa markazi: 1811
Veb-sayt: https://bydauto.uz
Instagram: https://instagram.com/bydauto.uz
Facebook: https://facebook.com/bydauto.uz
Telegram: https://t.me/bydautouz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)