Angliyada 66 yoshli muzey xodimi yigirma yil mobaynida qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, ularni 60 ming dollardan ortiq summaga sotgani aniqlandi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Norfolkdagi Gressenhall Farm and Workhouse muzeyining sobiq operatsion menejeri Stiven Xarris eksponatlar to‘plamidan tarixiy ashyolarni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u 2005-yildan 2022-yilgacha muzey omborxonalariga xizmat yo‘li orqali kirib, qimmatbaho eksponatlarni, jumladan, sopol buyumlar, shisha idishlar, tangalar va bezakli tarelkalarni o‘zlashtirgan. Keyinchalik bu buyumlar uning nomidan kimoshdi uylarida savdoga qo‘yilgan
Prokuror Nikol Lembning aytishicha, sotuvdan tushgan taxminiy mablag‘ kamida 60 ming dollarni tashkil etgan. Shuningdek, Xarris pul yuvish va firibgarlikda ham ayblanmoqda. Jumladan, u lotlarga egalik huquqini da’vo qilib, kimoshdi o‘tkazuvchilarni chalg‘itgan
Stivenning advokati uning himoyasidagi shaxs “ayblovlarni qat’iyan rad etayotganini” bildirgan. Ayblanuvchining o‘zi ham barcha bandlar bo‘yicha aybini tan olmagan. Muzey vakillari esa tergov davom etayotgani bois izoh berishdan bosh tortgan.
Bundan avval Parijdagi “Greven” muzeyidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mum haykali o‘g‘irlab ketilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)