Avstraliyaning Monash universiteti olimlari kuniga bir banka shakarsiz (diet) gazli ichimlik iste’mol qilish 2-turdagi qand kasalligi rivojlanish xavfini 38 foizga oshirishini aniqladi. Bu ko‘rsatkich shirin turdagi gazli ichimliklarga qaraganda yuqoriroq — ular qand kasalligiga chalinish ehtimolini 23 foizga oshiradi.

Tadqiqot deyarli 14 yil davom etib, unda 40–69 yoshli 36 608 nafar ko‘ngillilar ishtirok etdi. Mazkur tajriba gazli ichimliklar va sun’iy shirin ta’m beruvchi moddalardan tayyorlangan ichimliklarni taqqoslash bo‘yicha bajarilgan birinchi uzoq muddatli kuzatuv bo‘ldi.
Qiziqarli jihati shundaki, shakarli gazli ichimliklar va diabet o‘rtasidagi bog‘liqlik tana massasi indeksi va bel-son nisbatini inobatga olganda yo‘qolib ketgan. Boshqacha aytganda, bu yerda asosiy omil semizlik bo‘lgan. Shakarsiz gazli ichimliklarda esa biroz murakkabroq: ma’lumotlar tuzatish kiritilgandan so‘ng ham xavf 38 foiz darajasida qolgan.
Qiziqarli jihati shundaki, shakarli gazli ichimliklar bilan qand kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ishtirokchilarning vazni va tana o‘lchamlari hisobga olinganda yo‘qolgan. Ya’ni, bu yerda kasallikka asosiy sabab semizlik bo‘lgan. Ammo shakarsiz gazli ichimliklar iste’mol qilganda tana vaznidan qat’iy nazar dibaetga chalinish xavfi 38 foiz ko‘rsatkichida saqlanib qolgan.

Olimlar buni mustaqil metabolik ta’sir bilan bog‘lamoqda. Aspartam, saxarin va sukraloza kabi shirinlashtiruvchi moddalar ichak mikrobiomining ishini buzishi yoki glyukoza almashinuvida o‘zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim turdagi shirin ta’m beruvchilar organizmning qondagi shakarni tartibga solish tizimini buzishi ham ehtimoldan xoli emas.
“Sun’iy shirinlashtiruvchi moddalar ko‘pincha shakarning o‘rnini bosadigan xavfsizroq modda sifatida qaraladi, ammo natijalar uning o‘ziga xos xavflari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”, dedi tadqiqot mualliflaridan biri Barbora de Kurten.
Tajriba mualliflari ta’kidlashicha, sun’iy shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan ichimliklarni yanada qat’iyroq tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Chunki ular ko‘pincha “zararsiz” va “diet” so‘zlari bilan iste’molchilar orasida keng targ‘ib qilinadi.
Izoh (0)