Polsha hududi 2022-yildan beri birinchi marta 68 gektarga qisqardi. Bu haqda respublika Bosh statistika boshqarmasiga (GUS) asoslanib Gazeta.pl nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Polsha hududi 2022-yildan boshlab kengayib kelayotgan edi, ammo 2025-yilda qisqarish boshlangan. O‘zgarishlar 11 ta voyvodlikka (hududiy birlik) ta’sir ko‘rsatgan. Eng katta qisqarish G‘arbiy Pomerania voyvodligida sodir bo‘lgan bo‘lib, 35 gektarni tashkil qilgan. G‘arbiy Pomerania va Pomerania voyvodliklarida esa Boltiq dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan chegaralar dengizning boshlang‘ich chizig‘iga moslashtirilgan.
Polsha hukumati qirg‘oqbo‘yi hududlarining rasmiy chegaralarini haqiqiy dengiz chizig‘iga moslashtirish maqsadida mamlakat hududini rasman qisqartirishga qaror qildi. Bunday o‘zgartirishlar geodezik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan.
Bundan oldin Oliy Rada deputati Maksim Bujanskiy Polshaning Ukrainaning Volin viloyatini “Ikkinchi Polsha Respublikasining sharqiy hududlari” deb ataganini “tashvishli va xavfli signal” deb baholagan edi.
Izoh (0)