2024 YR4 asteroidi Oy bilan to‘qnashib, Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshlarga xavf soluvchi katta hajmdagi Oy jinslarini otib chiqarishi mumkin. AQSHning Kornell universiteti olimlari shunday bashorat qilmoqda, deb xabar berdi CNN telekanali.

“To‘qnashuv Oyda kengligi 1 km bo‘lgan zarba kraterini hosil qilishi mumkin. Bu so‘nggi 5 ming yil ichidagi Oy bilan eng yirik to‘qnashuv bo‘lib, 108 kg gacha Oy toshlari va changini otib chiqarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto o‘nlab santimetr kattalikdagi bo‘laklar ham Oyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday astronavtlar yoki ularning tadqiqot va yashash uchun qurgan inshootlari uchun xavf tug‘dirishi ehtimoli bor”, dedi Vigert.
Uning ta’kidlashicha, bu to‘qnashuv Yer aholisi uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Biroq koinotda navigatsiya va aloqani ta’minlaydigan ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlar mavjudligi sababli Oy changining parchalari ushbu sun’iy yo‘ldoshlarga zarar yetkazishi mumkin.
Vigertning qo‘shimcha qilishicha, to‘qnashuv 2032-yilda sodir bo‘lishi kutilmoqda va uni insonlar oddiy ko‘z bilan ko‘ra oladi.
Telekanalning xabar berishicha, dastlab asteroid Yerga yo‘nalgan va uning 2032-yilda sayyora bilan to‘qnashish ehtimoli yuqori bo‘lgan. Biroq bugungi kunga kelib olimlar 2024 YR4 ning Yerdan uzoqlashayotganini kuzatmoqda.
Izoh (0)