AQSH prezidenti Amerika Mustaqillik kunini nishonlash chog‘ida yana bir hujjatni imzoladi, deb xabar berdi CBS News.

Ushbu qonun qayta tiklanadigan energiya uchun soliq imtiyozlarini tezlashtirilgan bosqichma-bosqich bekor qilishni va elektr transport vositalari uchun soliq imtiyozlari muddatini qisqartirishni, shuningdek, Medicaid’ni (past daromadli odamlar uchun tibbiy sug‘urta dasturi — tahr.) qisqartirishni o‘z ichiga oladi.
Yakuniy qonun loyihasi barcha respublikachilarni qanoatlantirmadi. Hatto respublikachilar partiyasidagi ayrimlar bu qonunning oxirgi bandiga qarshi chiqishdi. Biroq prezident va Kongress uni 4-iyulgacha bo‘lgan muddatdan oldin qabul qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt qonun loyihasini “prezident saylovoldi tashviqoti olib borgan va Amerika xalqi ovoz bergan har bir siyosatning timsoli” deb atadi va bu “Amerika xalqining g‘alaba kuni” ekanligini aytdi.
Umuman olganda, qonun soliqlar va xarajatlarni 4,5 trillion dollarga qisqartirishi kerak. Biroq qonun loyihasining tanqidchilari AQSH davlat qarzi ham xuddi shuncha miqdorga oshishini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)