• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlandi. Nomzodlar kim?

    Janubiy Koreyada yarim yillik siyosiy larzalardan so‘ng 3-iyun kuni prezidentlik saylovi boshlandi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

    Foto: KEI
    Foto: KEI

    Mamlakat aholisi taxminan 52 million kishini tashkil etadi. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 44,4 million kishi ovoz berish huquqiga ega. 29-may kuni ikki kunlik muddatidan oldin ovoz berish boshlangan. Unda 15 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etgan. Shuningdek, 20—25-may kunlari xorijda muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tgan.

    Koreyada prezidentlik saylovi sobiq rahbar Yun Sok Yolning (“Xalq kuchi” partiyasidan) impichmenti tufayli rejalashtirilganidan ikki yil oldin bo‘lib o‘tmoqda.

    Saylovdagi nomzodlar

    Saylov byulletenida beshta nomzod borligiga qaramay, asosiy raqobat uchta nomzod o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda. Ular haqida nimalar ma’lum:

    Li Chje Men — 61 yoshda, “Toburo” liberal-demokratik partiyasidan nomzod. Chunan universitetida huquq bakalavri va Gachon universitetida davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan. 2010—2018-yillarda Sonnam shahri meri, 2018—2021-yillarda Kengido provinsiyasini boshqargan. Lining tashabbuslari orasida prezidentlik muddatini qayta saylanish imkoniyati bilan qisqartirish va davlat rahbarining veto huquqini cheklash, ish haftasini qisqartirish, pensiya yoshini oshirish va ota-onalar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish kabilar bor.

    Foto: Li Chje Men
    Foto: Li Chje Men / Daum

    U AQSH va Yaponiya bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida, shu bilan birga, Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarni saqlab qolish muhimligini ta’kidlamoqda.

    Kim Mun Su — 73 yoshda, konservativ “Xalq kuchi” partiyasidan nomzod. Seul universitetini Biznes boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2006—2014-yillarda Kengido provinsiyasi gubernatori bo‘lgan. Uning tashabbuslari orasida parlament a’zolari sonini 300 nafardan 270 nafarga qisqartirish va deputatlik daxlsizligini bekor qilish bor. Biznes uchun qulay sharoitlar yaratish va o‘rta sinfga soliq yukini kamaytirishga e’tibor qaratadi.

    Foto: Kim Mun Su
    Foto: Kim Mun Su / Hankyung

    Shuningdek, elektr energiyasini arzonlashtirish uchun atom energetikasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. KXDRga nisbatan Kim oldindan tiyib turish siyosati va AQSH bilan harbiy ittifoqni mustahkamlash, jumladan, mamlakat hududida Amerika taktik yadro qurollarini joylashtirish tarafdori.

    Li Chjun Sok — 40 yoshda, konservativ “Yangi islohotlar partiyasi” nomzodi. Garvard universitetini Informatika va iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yilda u “Fuqarolik kuchi” partiyasi raisi lavozimini egallagan, biroq keyinchalik tasdiqlanmagan poraxo‘rlik gumonlari tufayli tez orada ishdan bo‘shatilgan.

    Foto:
    Foto: Li Chjun Sok / Hankyung

    Hokimiyatni nomarkazlashtirish, halol raqobat va biznes uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish tarafdori. U Gender tenglik va oila vazirligi hamda mamlakatdagi feministik tashkilotlar faoliyatini tanqid qiladi. Tashqi siyosatda u AQSH bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish va KXDR bilan munosabatlarda pragmatik yondashuv tarafdori.

    Kim g‘alaba qozonishi mumkin?

    Sotsiologlar saylovlarda Li Chje Myon g‘alaba qozonishini prognoz qilmoqda. So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, uni 49,2 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlamoqchi, Kim Mun Suga esa 36,8 foiz ovoz berishmoqchi. Li Chjun Sok 10,3 foiz ovoz olishi kutilmoqda.

    Saylov g‘olibi juda tez ko‘plab jiddiy muammolarga duch keladi. Meningcha, bo‘lajak prezident avvalo Tramp bilan muloqot qilishiga to‘g‘ri keladi va o‘z siyosatini aynan shunga qarab yuritishga umid bog‘lashi kerak, deya prognoz qiladi Seuldagi Kyong Xi universiteti tashqi siyosat professori Chu Chje Vu.

    Janubiy Koreya uchun eng jiddiy muammolar — mamlakat mahsulotlari eksportiga AQSH tomonidan joriy etilgan bojlar hamda ikki tomonlama harbiy ittifoqdagi o‘zgarishlar, xususan, Amerikaning Koreyadagi harbiylari masalasidir.

    3 iyun, 09:58   Izoh (0)   2618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHda immigratsiya siyosati va chegara nazorati kuchaytirildi

    3 iyun, 09:38

    Italiyada Etna vulqoni otildi (video)

    3 iyun, 09:20

    Turkiyada salkam 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video) 

    3 iyun, 08:19

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi 

    2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    2 iyun, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azoda bemorlar uchun qon tanqisligi ko‘paydi

    Dunyo | 7 avgust, 14:15

    Darvin Nunyes faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettiradi

    Sport | 7 avgust, 14:08

    50 yil kutilgan loyiha: Italiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik quriladi

    Dunyo | 7 avgust, 13:57

    Surxondaryodagi ayrim yo‘llarda tezlik soatiga 130 kilometr etib belgilanadi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:40

    Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq birinchi xonimni hibsga olishni talab qilmoqda

    Dunyo | 7 avgust, 13:15

    O‘zbekistonda 8-avgust kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:00

    Tomoshabinlar nafratiga duchor bo‘lgan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari

    Kino | 7 avgust, 12:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.