Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi rasmiy sahifalari orqali italiyalik bosh murabbiy Stefano Piolini lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi. Klub matbuot xizmati mutaxassisga olib borgan mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Pioli 2024-yilning sentabrida “An-Nassr” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U rahbarligida jamoa Saudiya Pro Ligasining yakunlangan mavsumida 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, jamoa Osiyo Chempionalar Ligasi yarim finalida “Kavasaki”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Shuningdek, italiyalik mutaxassis tez orada “Fiorentina” klubi bosh murabbiyiga aylanishishi kutilmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, mutaxassis Florensiya klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
Stefano Pioli bungacha “Bolonya”, “Latsio”, “Inter”, “Fiorentina” va “Milan” klublarida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)