Prezidentning tegishli farmoni bilan, Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

U shu munosabat bilan Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Farmon bilan, Aziz Magrupov Prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

U shu munosabat bilan Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi.
Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbarining farmoni bilan Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)