Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 19-iyun kuni “Eron rejimining o‘zgarishi yoki qulashi maqsad emas, balki natija bo‘lishi mumkin”ligini aytdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

“Rejimni o‘zgartirish yoki uning qulashi birinchi navbatda Eron xalqi uchun muammo bo‘ladi. Buning boshqa iloji yo‘q va shuning uchun men uni maqsad sifatida taqdim etmadim. Bu natija bo‘lishi mumkin, ammo bu bizning rasmiy maqsadimiz emas”, dedi Netanyaxu Isroilning Kan jamoat teleradiokompaniyasiga.
Uning aytishicha, Isroil Eron bilan urushning yettinchi kunida “dunyoning ko‘rinishini o‘zgartirmoqda”. Isroil Eron raketa uchirish qurilmalarining yarmidan ko‘pini yo‘q qilganini qo‘shimcha qilgan.
“Men Yaqin Sharqning qiyofasini o‘zgartirayotganimizni aytgan edim. Endi esa dunyoning qiyofasini o‘zgartirayotganimizni aytaman”, dedi Netanyaxu.
U Isroil Eronning barcha yadroviy inshootlariga zarba berishga qodirligini ham ta’kidlab o‘tgan. Bu gap Vashington Isroil bilan birga urushga kirish-kirmasligi haqidagi taxminlar fonida aytilgan. Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp “Qo‘shma Shtatlar uchun yaxshilik qilsa, u Isroil davlati uchun yaxshilik qiladi”.
Izoh (0)