Prezidentning Parkentga tashrifi, Samarqandda 39 yoshli sudya avtohalokatda vafot etishi, Boysunda o‘rmon yong‘ini 13 soatda o‘chirilishi, Jizzaxda 8 nafar qiz “er qidirib” yurgani yuzasidan izoh berilishi — “Daryo” nashri 18-iyunda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Toshkentdagi dorixonada 3,5 mlrd so‘mlik dorilar sifatsiz va qalbakilashtirilgani aniqlandi
Mamlakatga noqonuniy olib kelingan dorilarni sotish bilan shug‘ullanganlar ushlandi.
Isroildagi o‘zbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkinligi ma’lum qilindi
Fuqarolar 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chiqib ketishi mumkin.
Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi nega kechikayotganiga izoh berildi
Yo‘llar shu yil qurib bitkazilishi kerak edi. Biroq qurilish qachon boshlanishi hali nomaʼlum.
Qoraqalpog‘istondagi to‘yda chigirtkalar yopirilgani rad etildi
Ochiq havoda o‘tkazilayotgan to‘yda zararkunandalar yopirilgani aks etgan videolar muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Samarqandda 39 yoshli sudya avtohalokatda vafot etdi
Nexia-3 va yuk mashinasi to‘qnashishidan Urgut tuman sudi raisi halok bo‘lgan.
Boysunda o‘rmon yong‘ini 13 soatda o‘chirildi
Yong‘inni bartaraf etishga FVBdan 85 nafar shaxsiy tarkib, o‘rmon xo‘jaligi, IIB, Mudofaa vazirligi xodimlari jalb etildi.
Emlash qoidalarni buzganlik uchun qonuniy chora ko‘rish tartibi ishlab chiqilmoqda — Sanepidqo‘mita
Ota-onalar tomonidan emlashga loqaydlik, unga qarshi tilxat yozib berish holatlari bor. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov maʼlum qildi.
O‘zbekistondagi minglab avtobus bekatlarida kamchiliklar aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi ularni bartaraf etish bo‘yicha Transport vazirligi, viloyat hokimliklariga ko‘rsatmalar yubordi.
O‘zbekistonda davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar joriy etiladi
“Yashil” davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha 30 foizga yetkaziladi.
“Toshkent-Sharqiy” aeroportida yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun ikkita terminal qurilmoqda
Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.
Xorazmda Tico ag‘darilib ketishi oqibatida 18 yoshli yigit halok bo‘ldi (video)
U haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan tungi soat 01:45 larda mashinani boshqargan.
Jizzaxda 8 nafar qiz “er qidirib” yurgani yuzasidan izoh berildi (video)
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i borib holatni o‘rgandi.
“Parkentga ham istiqlol shabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini ko‘rib, xursand bo‘ldim” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Parkent tumaniga tashrif buyurib, “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi.
Prezident Kumushkondagi mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi (foto)
Davlat rahbari shunday loyihalarni boshqa so‘lim maskanlarda ham tashkil etish kerakligini taʼkidladi.
Shavkat Mirziyoyev Parkentdagi intensiv bog‘da sarxil mevalar hosilini ko‘zdan kechirdi
Davlat rahbari mutasaddilarga mevalarni parvarishlash bo‘yicha chet el tajribasini joriy etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Limon oshdi, mol go‘shti pasaydi: Toshkentdagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanchalik o‘zgardi?
Tahlil 7-may va 12-iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring ma‘lumotlari asosida amalga oshirilgan.
Parkentda qiymati 1,8 mlrd dollarlik 52 ta loyiha amalga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev “Oltinbel” cho‘qqisidagi dam olish maskani va yangi loyihalar bilan tanishdi.
Izoh (0)