• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ipak va ziravorlar festivali: Buxoroda an’ana, san’at va madaniyat uyg‘unligi

    “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali yillar davomida nafaqat Buxoro, balki O‘zbekiston madaniy hayotida muhim voqeaga aylandi. Avvaliga mahalliy darajada boshlangan, so‘ng xalqaro maydonga chiqib, bugungi kunda turizm brendiga aylangan ushbu festival tarixiy shahar Buxoro ruhini to‘laqonli namoyon etadi.

    Joriy yilning 6–8 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan XXI “Ipak va ziravorlar” festivali Turizm qo‘mitasi, Buxoro viloyati va shahri hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Bu yilgi tadbir nafaqat an’anaviy ruhda, balki yanada zamonaviy formatda, tashkil etildi.

    XXI bor tashkil etilgan “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali o‘zining ko‘lami, mazmuni va tashkilotchilik darajasi bilan o‘tgan yillaridagi festivallardan ajralib turdi. Avvalgi yillarda ishtirokchilar soni bir necha o‘nlar bilan cheklangan bo‘lsa, bu yilgi tadbirda 10 ga yaqin xorijiy mamlakatdan 50 nafardan ziyod, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridan 350 nafardan ortiq hunarmandlar ishtirok etdi. Bu — festivalning yuksalayotgan nufuzi, unga bo‘lgan qiziqish va ishonchning yorqin ifodasidir.

    Festival arafasida jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida tadbir dasturi, maqsad va rejalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bu esa OAV va jamoatchilik o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlab, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga xizmat qildi.

    “Ark” qo‘rg‘onidan boshlangan festival “Labi Hovuz”gacha bo‘lgan tantanali yurish bilan ochildi. Har yili ushbu yurish Buxoro ko‘chalarini naqsh va nafosatga to‘ldiradi, lekin bu yilgi sayr ko‘lami va undagi ishtiroqchilar soni bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

    Tadbir dasturidan o‘rin olgan milliy va xalqaro ko‘rgazmalar, mahorat darslari, amaliy san’at ko‘rgazmalari, folklor ansambllar chiqishlari, milliy sport o‘yinlari va taxt ko‘rgazmalari hunarmandlar uchun tajriba almashish, mahsulotlarini keng jamoatchilikka taqdim etish hamda yangi bozorlarga yo‘l ochish imkonini berdi.

    Festival doirasidagi yana bir muhim va e’tiborli tadbir — «Silk & Spices Fashion Days» modalar namoyishi bo‘ldi. Unda mahalliy va xorijiy dizaynerlar tomonidan tayyorlangan, milliy ipak matolardan tikilgan zamonaviy liboslar taqdim etildi. Bu nafaqat estetik zavq uyg‘otdi, balki milliy matolarning xalqaro modadagi o‘rnini ko‘rsatdi.

    Bundan tashqari festival doirasida Chor Minor atrofida o‘tkazilgan palov musobaqasi ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun unutilmas taassurotlar qoldirib, Buxoro taom madaniyatini namoyon etdi.  Har bir hudud o‘zining an’anaviy palovini tayyorlab, hakamlar va mehmonlarga taqdim etdishdi.

    XXI “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali yana bir bor Buxoroning nafaqat milliy, balki xalqaro ahamiyatga molik madaniy markaz sifatidagi nufuzini tasdiqladi. Ushbu festival xunarmandchilik va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, mamlakatimiz turizm salohiyatini namoyon etishda strategik ahamiyatga ega tadbirlardan biriga aylanmoqda.

    Bu yilgi festivalning ko‘lami va mazmun-mohiyati avvalgi festivallarga nisbatan kengroq, iloji boricha barcha jabhalarni qamrab oldi. Festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalar, mahorat darslari, dizaynerlar namoyishlari, milliy taomlar tanlovi va konsert dasturlari nafaqat mehmonlar, balki ishtirokchilarning o‘zlarida ham ijobiy taassurot qoldirdi. Bu esa festivalning ma’naviy va ijtimoiy ta’sir kuchini yanada oshirdi.

    Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu tadbir hunarmandlar uchun yangi bozorlar eshigini ochish, turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun esa hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Xalqaro darajadagi ushbu muloqot va tajriba almashinuvi nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki madaniy aloqalarni mustahkamlash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Festival har yili yangilanib, mazmunan boyib borayotgani uning uzluksiz rivojlanishda ekanligidan dalolat beradi. Shu bois, bu kabi tadbirlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy muloqotni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni saqlash va jahon sahnasida munosib tarzda namoyon etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    Sheriklik huquqi asosida

    10 iyun, 19:30   Izoh (0)   1213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi

    10 iyun, 19:11

    Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

    10 iyun, 19:00

    “Yevroittifoq va O‘zbekiston o‘rtasida vizalarni soddalashtirish bo‘yicha muzokara boshlash imkoniyati mavjud” — Toyvo Klaar bilan suhbat

    10 iyun, 18:31

    Buxoroda 2 yoshli bola tangalarni yutib yubordi (foto)

    10 iyun, 18:20

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda “Investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surishni taklif qildi

    10 iyun, 18:03

    “Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarur, deb hisoblaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    10 iyun, 17:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.