Slovakiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi, Sherzod Hidoyatov dastlab qaysi vazirliklar “Yangi Toshkent”ga ko‘chirilishini maʼlum qilishi, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochilishi — “Daryo” nashri 9-iyunda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi
Yangi loyihalarni ishlab chiqish, tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi
Maktab binosini qurish uchun Shayxontohur tumanidan yer ajratildi.
Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam beradi
Birinchi bosqichda avtobuslar va raqamli boshqaruv tizimi yetkazib beriladi.
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bobur Karimov jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi.
Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonda rasmiy kutib olindi (foto)
Ko‘ksaroy qarorgohida faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev Robert Fisoni kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi
Bu 2013-yildan buyon kuzatuvlar tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.
Avtosanoat, farmatsevtika, energetika: O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida qator loyihalar amalga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
Ikki davlat o‘rtasida TIV hamkorligi, energetika, standartlashtirish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti va Slovakiya bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi (foto)
Marosim ikki davlat munosabatlari rivojida yangi — strategik sheriklik bosqichi boshlanganining ramzi bo‘ldi.
O‘zbekistonda aholi zichligi so‘nggi 34 yilda qanchalik o‘zgardi?
2025-yil boshi holatiga har kvadrat kilometrga 83,6 kishi to‘g‘ri kelmoqda.
“Yaqinda ko‘chamiz”. Sherzod Hidoyatov dastlab qaysi vazirliklar “Yangi Toshkent”ga ko‘chirilishini maʼlum qildi
“Ko‘chirilgan vazirlik xodimlari uchun transport yo‘nalishlari tashkil qilinadi”, deydi qurilish va uy-joy xo‘jaligi vaziri.
Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?
Davlat rahbari xususiy sektorni moliyalashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash muhimligini taʼkidladi.
Temur Kapadze: “Qatarga qarshi bahs oldidan yo‘qotishlar bor”
O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Temur Kapadze va Eldor Shomurodov o‘yin oldi matbuot anjumanida qatnashdi.
Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi ikkinchi partiyasi olib kelindi
Ushbu dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida aniq loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
“Namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolarining ishtirok etgani to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqlangan maʼlumot kelib tushmadi” – TIV
Zarur hollarda fuqarolar AQSHdagi elchixona va Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi.
Saida Mirziyoyeva Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashdi
Unda ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va biznes bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha uchun teng shart-sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Izoh (0)