• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi

    Technovation Girls — O‘zbekistondagi qizlar uchun mo‘ljallangan eng yirik STEM dastur hisoblanadi. Tanlov finalida 88 ta IT-loyiha taqdim etildi. Jamoalar ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalari uchun mukofotlar bilan taqdirlandi. Tanlovning texnologik hamkori — Yandex Uzbekistan kompaniyasi bo‘ldi.

    31-may kuni Toshkentda har yili “Tech4Impact” NNT tomonidan tashkil qilinadigan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Haftaligi doirasida “Girls in STEM Day”, “STEM sohasida qizlar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dasturning 4 oyi davomida ishtirokchi qizlar va mentorlarning faol ishtirokiga yakun yasaldi.

    Bu yil sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan loyihalar sonining ko‘pligi tanlovning o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Qizlar ko‘chalarda ayollar xavfsizligi, ekologiya (Toshkentda havoning ifloslanishi va daraxtlar kesilishi) bo‘yicha mobil va veb-ilovalarni, o‘rgatuvchi o‘yinlarni, kattalarning xavfli yomon niyatlarini tanib olishga yordam beradigan bolalar uchun ilovalarni, ko‘zi ojiz va kar odamlarga yordam beradigan ilovalarni, avtomobillar parkovkasini tartibga solish bo‘yicha loyihalarni, kiberfiribgarlik va kiberbulling muammolarini hal qiluvchi ilovalarni va boshqa ko‘plab qiziqarli va kreativ loyihalarni ishlab chiqishdi.

    Shuningdek tadbirda Markaziy Osiyoning mamlakatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan "Technovation” koordinatorlari va mentorlarining uchrashuvi o‘tkazildi. Ular o‘z mamlakatlarida “Technovation” dasturini o‘tkazish tajribasi va qizlar uchun imkoniyatlar haqida gapirib berishdi.

    Qizlarning ko‘pchiligi uchun “Technovation” dasturida qatnashish – bu IT va STEM sohalarini o‘rganish tomon birinchi qadam.  Xususan, ishtirokchi qizlar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, qizlar “Technovation” tanlovida qatnashganidan keyin texnologiyalarni yaxshiroq tushuna boshlaydi,  AI (sun’iy intellekt) ishini o‘rgana boshlaydi, o‘zlariga bo‘lgan ishonchi ortadi, jamoada ishlashlari mumkin, tanqidiy fikrlaydi, yetakchilik va o‘z hamjamiyatlarida muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

    «Bugungi kunda yurtimizda inson kapitali rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bu masalaga katta ahamiyat berilayotgani barobarida, bu jarayonda qizlar va ayollarning o‘rni alohida ta’kidlanmoqda.

    Shu nuqtayi nazardan, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va moliyaviy mustaqillikka erishishda muhim omilga aylanmoqda. Texnologiyalar yosh mutaxassislar uchun xalqaro IT-kompaniyalarda faoliyat yuritishdan tortib, shaxsiy startaplarni yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.

    Technovation Girls dasturi ta’lim va mentorlik ko‘magi orqali qizlar jamiyat uchun muhim g‘oyalarni zamonaviy raqamli vositalar, jumladan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda texnologik yechimlarga aylantira olishi mumkinligini yaqqol namoyon qilmoqda.

    Raqamli texnologiyalar vazirligi yoshlarda talab yuqori bo‘lgan kompetensiyalar va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Biz ishonamizki, bunday loyihalar yoshlarni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelishini ta’minlash bilan birga, mamlakatimizdagi raqamli transformatsiya jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylanishiga xizmat qiladi», — deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Kamola Sobirova.

    Biz ishtirokchilardan dastur davomida loyiha ustida ishlash davrida nimalarni o‘rganishgani haqida gapirib berishlarini so‘radik.

    «Biz “Technovation Girls” doirasida  eshitish qobiliyati buzilgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan ilovani ishlab chiqdik. Biz foydalanuvchilar uchun xarita, kompas, tovushni tanib olish, matnni nutqqa aylantirish hamda vibratsiya va fonus orqali shoshilinch signallar kabi foydali funksiyalarni yaratish maqsadida ularning real ehtiyojlarini o‘rgandik.  Ushbu tajriba bizni empatiya bilan ishlashga, qarorlarni butun jamoa bilan qabul qilishga v g‘oyalarni real ishlaydigan yechimlarga aylantirishga o‘rgatdi. Biz, texnologiyalar – bu nafaqat kod, balki odamlarga yordam berish usuli  ekanini tushundik», - deydi toshkentlik jamoa vakili.

    Technovation Girls — qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov, u har yili dunyoning 100 dan ortiq davlatida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi ishtirokchi qizlarga “moslashuvchan” ko‘nikmalarni berish, qizlarni IT-texnologiyalarga, IT sohasidagi biznes va  tadbirkorlikka  qiziqtirishdan iborat.

    12 haftalik dastur marketing,  dasturlash, biznes-rejani tayyorlash, videomeyking va taqdimot ko‘nikmalari bo‘yicha o‘rgatuvchi modullarni o‘z ichiga olgan. Treninglar va seminarlar Andijon, Namangan, Nukus, Toshkent, Farg‘onada hamda onlayn tarzda boshqa hududlarda o‘tkazildi. Qizlar texnologiyalar yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishni o‘rganishdi hamda BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan bog‘liq sohalarda innovatsion mobil ilovalarni yaratishdi.

    «Hamkorlarning ko‘magi tufayli “Technovation Girls” tanlovining joriy mavsumida O‘zbekistonning 8 ta hududidan ko‘plab qizlarni jalb qilishga muvaffaf bo‘ldik.  88 ta jamoa ijtimoiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan mobil ilovalarni ishlab chiqishdi, bu loyihalarning aksariyati to‘laqonli startaplarga aylanish salohiyatiga ega. Jamoalarning har birining ortida qizlar va mentorlarning tirishqoqlik bilan ishlashi, o‘z hamjamiyatlaridagi dolzarb xatarlarni chuqur tadqiq qilish yotibdi. Dastur ishtirokchi qizlarning ko‘pchiligini o‘zlarining hayotiy rejalarini qayta ko‘rib chiqishga hamda   IT va STEM-yo‘nalishlariga jiddiy qiziqishga ilhomlantirdi. Biz o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashgan, jamoalarni qo‘llab-quvvatlagan mentorlarga, o‘z qizlarining intilishlarini qo‘llab-quvvatlayotgan ota-onalarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz», – deya qayd etadi “Tech4Impact” NNT direktori Saida Yusupova.

    «“Technovation Girls” — bu qizlarga o‘zlarini IT sohasida namoyon qilishga, o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni his qilishga hamda texnologiyalar – bu real o‘zgarishlar vositasi ekanini ko‘rishga yordam beradigan muhim tashabbus. Bu yil dasturda 1500 dan ortiq qiz qatnashdi, ulardan 329 nafari o‘z loyhalarini yaratdi. Tanlovning har bir bosqichida ularni “Yandex” xodimalaridan iborat 31 nafar mentor qo‘llab-quvvatlab turdi. Shuningdek, biz mamlakatdagi ta’lim dasturlari va mahalliy  IT-hamjamiyatni rivojlantirish orqali  ushbu kasbda ilk qadamlarni tashlashga yordam beryapmiz», — deydi “Yandex Uzbekistan” rahbari Izzat Shukurov.

    Shuningdek, 31-may kuni o‘tkaziladigan bayram tadbirining  dasturi bo‘yicha: 

    • “Technovation Girls” tanlovining (8–18 yoshli qizlar) Toshkent, Andijon, Guliston, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg‘ona jamoalari o‘z loyihalari ustidagi faoliyat natijalarini namoyish qilishdi, ko‘rgazma stendlarida ijtimoiy mobil ilovalarni taqdim etishdi.
    • “Technovation Girls” tanlovining 15 ta jamoasi tadbir hamkorlarining mavzuli nominatsiyalarida mukofotlandi (nominatsiyalar orasida – sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, xavfsiz shahar mavzusi, gender tengligi, ekologiya, ta’lim va madaniyat, sog‘liqni saqlash, teng imkoniyatlarni taqdim etish).

    Uchrashuv “Technovation Girls 2025” tanlovining barcha ishtirokchilari v mentorlariga mukofotlar va sertifikatlarni topshirish marosimi bilan yakunlandi.

    3-iyun kuni “Technovation Girls” tanlovining xalqaro hakamlari xalqaro tanlovda O‘zbekistondan qatnashishni davom ettiradigan bir nechta jamoani aniqlaydi.

    2023-yilda Kremniy vodiysida (AQSh) o‘tkazilgan xalqaro finalda O‘zbekistonning "Tecnas” jamoasi maktablar uchun VR-laboratoriyalar ilovasi bilan xalqaro tanlovning finaliga o‘tib, budun dunyodan qatnashgan 2500 dan ortiq jamoa orasidan eng yaxshi 12 ta jamoa qatoridan o‘rin olgandi. Jamoa o‘z loyihasini Kaliforniyada taqdim etib, “Social Impact Award” nominatsiyasida (bu ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qo‘shadigan eng yaxshi “Technovation” loyihasi uchun mukofot) g‘olib chiqdi.

    “Technovation Girls Uzbekistan 2025” jamoalarining  barcha videolari va loyihalari ushbu saytda taqdim etilgan: http://technovation.uz/allprojects2025

    Ma’lumotnoma:

    • 2016-2025 yy.da “Technovation Uzbekistan” dasturida 446 ta jamoa finalgacha yetib bordi, unda O‘zbekistonning 9 ta hududidan 800+ mentor va 6500+ ishtirokchi qiz qatnashdi.
    • 2023 va 2018 yillarda O‘zbekiston jamoalari o‘z loyihalarini Kremniy vodiysida (AQSh) taqdim etdi (“Tecnas” senior-jamoasi 2023-yilda va “Generation Z” junior-jamoasi 2018-yilda).
    • 2021-yilda O‘zbekistonning “IT-Ladies” jamoasi Osiyoda mintaqaviy g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    2 iyun, 19:30   Izoh (0)   1704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

    2 iyun, 18:53

    Tariflar erkinlashtirilishi sabab oyiga 10 ming kVt/soat elektr toki ishlatadigan xonadonlar soni kamaydi — tadqiqot

    2 iyun, 18:47

    Energiya o‘g‘irligi: bir oyda davlatga qariyb 95 mlrd so‘m zarar yetkazildi

    2 iyun, 18:39

    O‘zbekistonda fuqarolar tarvuz-qovundan zaharlanib vafot etgani rad etildi

    2 iyun, 17:26

    O‘zbekistonda osh tayyorlash qimmatlashib bormoqda: yangi narxlar qanday?

    2 iyun, 17:25

    “10 marta qizil chiroqdan o‘tgan haydovchini potensial qotil deyish mumkin” — Zoir Yo‘ldoshev

    2 iyun, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.