Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 28—29-may kunlari rasmiy tashrif bilan Samarqandga keladi. Bu haqda Italiya hukumati saytida ma’lum qilindi.

Vazir O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘ladi. U “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi. Sayohatning birinchi bekati Samarqand shahri bo‘ladi. Bosh vazirning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi missiyasi dastlab 25—27-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Rim papasi Fransisk vafoti sababli bekor qilingandi.
30-may kuni Italiya bosh vaziri Qozog‘istonda bo‘ladi. Shu kuni Ostona shahrida mintaqa davlatlari rahbarlari ishtirokida birinchi “Markaziy Osiyo—Italiya” sammiti bo‘lib o‘tadi.
2023-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyada Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Yetakchilar ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilgandi.
Shuningdek, 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lgandi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilingandi.
2023-yil 10 noyabr kuni Italiya bosh vaziri Serjo Mattarella rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. Davlat rahbarlari akademik almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma Ta’lim forumini o‘tkazish zarurligini ta’kidlagandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xavfsizlikka umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashilgandi
Izoh (0)