• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Televideniyedan ortmayapmiz”. Davaktiv agentligi matbuot kotibi jamoatchilik savollarini nega ochiq qoldirmoqda?

    “Daryo” muxbiri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Ilyos Abdujambulovdan jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘layotgan ayrim masalalarga izoh so‘radi. Dastlab u savollarga javob olib berishni vaʼda qildi. Ammo oradan 22 kun o‘tdi hamki maʼlumot berilmadi. Ilyos Abdujambulov javoblar yuzasidan rahbariyatdan izn so‘rash jarayonini cho‘zishda davom etmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Bepisand matbuot kotibi

    Prezident qarori bilan davlatga qarashli 29 ta yirik korxona 2025—2026-yillarda sotuvga chiqarilishi belgilandi. Ular orasida milliardlab dollar tashqi qarz (kredit) evaziga qurilgan Uzbekistan GTL zavodi ham bor. Joriy yil 23-aprel kuni “Daryo” Davaktiv agentligi masʼuli Ilyos Abdujambulovdan mazkur zavod sotilishining sabablari, kreditlar taqdiri nima bo‘lishi va uning boshlang‘ich qiymati qancha ekani to‘g‘risida savollar yubordi. Chunki 2023-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Bahodir Siddiqov zavod qurilishi uchun 10 yillik kredit olinganini aytgan. O‘shanda qarz uzilishiga 9 yil qolganini taʼkidlagan.

    Qolaversa, bu mavzu jamoatchilik faollari tomonidan turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, iqtisodchi Otabek Bakirov zavod xususiylashtirilishi borasida xavotirli fikr bildirgan.

    “Narxi karrasiga shishirilgan, ochilganidan buyon zararda o‘tirgan, vaʼda qilingan ishlab chiqarish, eksport va soliq tushumlari umuman taʼminlanmagan, bo‘g‘zigacha qarzga botirilgan, texnologik yuragi “lizingga” sotib yuborilgan Uzbekistan GTL zavodi ommaviy savdolarga chiqariladigan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan. Zavodning 100 foiz ulushi sotiladi va bir necha yillar avval prognoz qilganimizdek, Rezinotexnika zavodi, Hyatt oteli kabilarning taqdirini takrorlaydi. Faqat juda katta miqyosda. Balki zavod karrasiga qimmat tarzda qurilayotgandek shunday yakun bilan halqani yopish mo‘ljal qilingan bo‘lgandir”, deb yozgan iqtisodchi Telegram’dagi kanalida.

    Davletov.uz kanalida esa yirik davlat korxonalari sotilishi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etilmaganiga eʼtibor qaratilgan.

    “O‘tgan hafta mamlakat iqtisodiy hayoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim hujjatlar — 2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi hamda 29 ta yirik kompaniyani ommaviy savdolarga chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Odamlarda xavotir, savollar tug‘ildi. Lekin hukumat jamoatchilikka jo‘yali tushuntirish, izoh bergani yo‘q, na OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Muhim hujjat qabul qilinganda zarur bo‘lgan axborot kampaniyasi yana unutildi”, deb yozgan kanal muallifi.

    Ilyos Abdujambulov “Daryo”ga masala yuzasidan agentlik izoh berishini maʼlum qilgan, lekin jarayon paysalga solinyapti.

    Qarorda “davlat ulushlari ishonchli boshqaruvga berilgan bo‘lsa, ular baholangan qiymatda dastlab ishonchli boshqaruvchiga taklif etiladi”, deb yozilgan. Agentlik masʼullariga yo‘llangan savollardan birida ushbu jumlani izohlash ham so‘ralgan. Hozir ishonchli boshqaruvdagi korxonalar nega auksionga chiqarilmay, avval boshqaruvchiga sotish taklifi bildiriladi? Bunday talab “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunga zid emasmi?

    Otabek Bakirov tahliliga ko‘ra, GTL zavodi yashirin qaror bilan Air Pruducts yoki Sanegʼga ishonchli boshqaruvga berilgan. Bu mazkur kompaniya istasa, GTL zavodini kim oshdi savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishi mumkin degani.

    “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasida OAVning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kun muddatda ko‘rib chiqilishi ko‘rsatilgan. Mazkur normada so‘rov rad etilgan taqdirda, asoslantirilgan javob berilishi kerakligi yozilgan.

    “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunda so‘rov olingan sanadan boshlab 15 kundan kechiktirmay javob qaytarilishi lozimligi belgilangan.

    So‘rov yuborilganiga 22 kundan oshdi. Agentlik javob qaytarishga shoshilmayapti. Matbuot kotibi 24-apreldagi yozishmalarda jurnalistga “televideniyedan ortmayapmiz, navbati bilan rahbariyatdan javob olib beramiz”, deya maʼlum qilgan.

    Agentlik direktori o‘rinbosarlari intervyuni faqat davlat telekanallari, masalan “O‘zbekiston 24” ga beradimi? Harqalay, “televideniyedan ortmayapmiz”, deganda shu kanal nazarda tutilgan chog‘i, agentlik Telegram sahifasida aprel oyida faqat mazkur telekanal lavhalari va intervyulari joylashtirilgan. Jamoatchilikni o‘ylantirgan va eʼtirozlarga sabab bo‘layotgan masalalarga qachon javob qaytariladi?

    Savollar yo‘llanganidan besh kun o‘tib (28-aprel kuni), matbuot kotibiga bu haqda eslatilgan. “Savollarni rahbariyatga yetkazdim, javobga qarab ish tutamiz”, deb yozgan agentlik masʼuli.

    So‘ng yana Ilyos Abdujambulov bilan bog‘lanishga urinishlar bo‘ldi. Lekin u so‘rovlarga javob berishni kechiktirishda davom etyapti. Bugun 16-may sanasi. Javobdan ham, intervyu beradigan mutaxassisdan ham darak yo‘q.

    Bu birinchisi emas

    Bunday holat Ilyos Abdujambulov bilan birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. 2024-yil mart oyida ham shunga o‘xshash vaziyatga duch kelingan. O‘shanda, 4-mart kuni Doniyor Komilovga qarashli kompaniya “O‘zbekneftgaz”ning 78 ta zapravkasini hech qanday ochiq va shaffof savdolarsiz sotib olgani jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgan. Manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bu holat yuzasidan “Daryo” Davaktiv agentligi matbuot kotibiga murojaat qilgan. Agentlik xabarni tasdiqlaydimi yoki yo‘qligi so‘ralgan. Shu bilan birga, Komilov egaligidagi kompaniya “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MCHJni ham yashirin tarzda sotib olgani to‘g‘risida xabar tarqalgan. Oradan 1 yildan ortiq vaqt o‘tdi hamki, agentlik matbuot kotibi mazkur masala bo‘yicha izoh bermadi.

    Matbuot kotibiga chora ko‘riladimi?   

    Davaktiv agentligi saytiga kirilsa, matbuot kotibiga o‘nlab vazifalar yuklatilganini ko‘rish mumkin. Misol uchun, bu lavozimdagi shaxs agentlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalariga to‘liq va tezkor axborot berib borishi kerakligi yozib qo‘yilgan. Uning yana bir vazifasi sifatida OAVda muntazam ravishda agentlik rahbarlari chiqishlarini tashkil etish zarurligi ko‘rsatilgan.

    Matbuot kotibiga tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish vazifasi ham yuklatilgan. Lekin agentlik axborot xizmati muhokamalarga sabab bo‘lgan yuqoridagi kabi muhim mavzularga munosabat bildirmay kelmoqda.

    Skrinshot: davaktiv.uz
    Skrinshot: davaktiv.uz

    Qonunchilikda davlat mulkini xususiylashtirishda ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini taʼminlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi prinsiplarga amal qilinishi belgilangan. Bu norma ijrosi qay darajada taʼminlanmoqda? Savollar esa yuqorida yozilganidek, ochiq qoldirilyapti.

    Davlat organlari ommaviy axborot vositalarini teng ko‘rishi, ular bilan normal munosabatda bo‘lishi avvalo jamiyat uchun muhim. “Oldin telekanalga, keyin boshqalarga axborot beramiz”, qabilida ish tutish hech bir mezonga to‘g‘ri kelmaydi. Davlat organlari xalqqa xizmat qilayotgan ekan, axborotni ham xalq uchun beradi. Jurnalistlarning barcha savollariga imkon qadar javob qaytarish har bir davlat tuzilmasining burchi emasmi?

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati jamoatchilikni qiziqtirgan va xavotir uyg‘otayotgan masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazadimi? O‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashmayotgan matbuot kotibiga nisbatan chora ko‘rarmikan? Buni endi vaqt ko‘rsatadi.

    Islombek Umaraliyev

    16 may, 16:27   Izoh (0)   1320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “2 800 tadan ortiq davlat aktivi sotuvga chiqarildi” – Davaktiv agentligi raisi o‘rinbosari Bekzod Usmonov

    22.08.2022, 15:05

    “Xususiylashtirish hajmini bir mlrd dollarga yetkazamiz”. Davlatga tegishli bir qator yirik korxonalar sotilishi ma’lum qilindi

    08.11.2022, 22:06

    “Hyatt Regency mehmonxonasi qurilish narxidan arzonga emas, 1,7 barobar qimmatga sotildi” – Davaktiv 

    18.11.2022, 19:17

    O‘zbekistonda eng ko‘p foyda ko‘rgan va eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonalari e’lon qilindi

    09.08.2023, 18:06

    “Sharq” nashriyoti va O‘zA binosi sotuvga chiqariladi

    21.09.2023, 00:05

    O‘zbekistonda yangi Yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi

    04.01.2024, 10:14

    “Sharq” nashriyotiga tegishli binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitekturasi saqlab qolinishi rasman ma’lum qilindi

    24.01.2024, 00:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55

    AQSH muhojirlarni chiqarib yuborish uchun “xavfli mamlakatlar”ni izlamoqda — OAV

    Dunyo | 16 may, 22:45

    Video: Qo‘qonda zavod portladimi? Rasmiy izoh berildi

    O‘zbekiston | 16 may, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.