“Manchester Siti” klubi 20 yoshli Niko O’Rayli bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Yosh iste’dodli futbolchi so‘nggi haftalarda asosiy jamoaga kirib, bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bois klub rahbariyati Nikoni uzoqroq vaqt jamoada olib qolishni istamoqda.
Aslida markaziy yarim himoyachi bo‘lgan O’Rayli ko‘pincha chap qanot himoyachisi sifatida harakat qilmoqda. Shunga qaramay, u hujumda ham faol ishtirok etib, “Manchester Siti” safida 17 o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, O’Raylining yangi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuningdek, kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” navbatdagi 36-tur uchrashuvini 10-may kuni “Sautgempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)