• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasida nogironga aylangan aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda 22 yoshli aktrisa Sabrina Jabborova Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipi suratga olish jarayonida avtomobil urib ketishi oqibatida nogironga aylangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat internet foydalanuvchilarining keng muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Aslida voqea qanday yuz bergan edi? “Daryo” klipni suratga olgan ijodiy guruh bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi. 

    Voqea aslida qanday bo‘lgandi?

    Baxtsiz hodisa 2024-yilning 7-noyabr kuni ro‘y bergan. Klipda suratga tushayotgan voyaga yetmagan qiz Sevinch Maʼrufovna “Gelendvagen” rusumli avtomobilni boshqarib, boshqa bir aktrisa – Sabrina Jabborovani bosib ketgan. Oqibatda nogiron bo‘lib qolgan Sabrina oyoqqa turishiga yordam so‘raganida, faqat quruq vaʼdalar va tahdidlarni olganini yozib, jamoatchilikka murojaat qildi. 

    Foto: Videodan skrinshot

    “9 soatlik operatsiya va 7 sm qisqargan oyoq”

    Sabrinaning so‘zlariga ko‘ra, Mercedes-Benz G-klass (“Gelendvagen”) boshqaruvida voyaga yetmagan boshqa aktrisa S.M. bo‘lgan. U ham klipda suratga tushgan.

    Foto: Videodan skrinshot

    — Voyaga yetmagan aktrisa operator va rejissor Shuhrat Mavlonovning ko‘rsatmasi bilan gaz pedalini bosgan, biroq o‘sha paytda mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Mashinaning g‘ildiraklari Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketdi: oldingi g‘ildiragi butunlay uning ustidan o‘tgan, orqa g‘ildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea natijasida Sabrinaning tos suyagi singan, boshqa aʼzolari og‘ir jarohat olgan”,  deyiladi Jabborovaning Instagramdagi sahifasida qoldirilgan maʼlumotda.

    Foto: Instagram / @cosmos.sj
    Jabrlanuvchi akrtisa va model Sabrina Jabborova

    Jabrlanuvchiga birinchi yordam vaqtida ko‘rsatilmagani natijasida ko‘p qon yo‘qotgan. Keyin uni 4-sonli kasalxonaga olib borishgan, 9 soatlik operatsiyadan so‘ng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq jarrohlik amaliyoti noto‘g‘ri bajarilgani natijasida, uning chap oyog‘i o‘ng oyog‘idan 7 sm uzunroq bo‘lib, qiz nogironga aylandi.

    Ayni vaqtda, shifokorlar qizning salomatligini tiklash uchun uning tos suyagini sindirib, suyaklarni to‘g‘rilash kerakligi, bunday operatsiyalar juda kamdan kam holatlarda muvaffaqiyatli o‘tishini aytgan.

    Foto: Instagram / @cosmos.sj
    Jabrlanuvchi akrtisa va model Sabrina Jabborova

    Uning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish tashkilotchilari va boshqa aybdor shaxslar jabrlanuvchiga yetarlicha yordam ko‘rsatmagan. Faqatgina 4 oy davomida filmni suratga olishda texnik qoidalarni buzganligi uchun jarima sifatida 500 dollar to‘lab turgan.

    “Jabrlanuvchining onasi Sabrinaning oyoqqa turishiga yordam so‘raganida, u faqat quruq vaʼdalar va tahdidlarni olgan. Unga voqea bo‘yicha materiallar internetda tarqatilsa, jabrlanuvchiga yordam butunlay to‘xtatilishi aytilgan”, deyiladi murojaatda.

    “Men rejissor bo‘lmaganman, tuhmat qilishyapti”

    Ijtimoiy tarmoqlarda klip rejissyori deya tilga olinayotgan Shuhrat Mavlonov bilan bog‘landik. U bu gaplardan qattiq ranjigani, chunki qizni mashinaga o‘tirishga u buyruq bermagani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @mavlonovproduction_official

    — Aslida bu qiz massovka (Sabrina Jabborovani nazarda tutdi) bo‘lib kelgan. Uni ko‘rganim yo‘q, chunki man ham syomkaga rejissor emas, shunchaki operator sifatida chaqirilganman. Uni (Sevinch Ma’rufovna) mashinaga o‘tqazgan Ahad Qayum bo‘ladi. Mening vazifam “motor, stop va olindi” deyish. Bu narsalarni kimdir uyushtiryapti. Eshitishimga qaraganda, maqsad boshqa uy mashina olib berish haqida gaplar bo‘lgan emish. Men klipda rejissor bo‘lmaganman, operatorman. Menga nisbatan tuhmat bo‘lyapti. Hali hammasi qonun oldida javob beradi, dedi Shuhrat Mavlonov.

    Rejissyor: “Baxtsiz voqeaga guvoh bo‘lmaganman”

    Shou-biznes vakillari orasida yaxshigina mashhurlikka erishgan “Rajabov” studiyasi rahbari Doniyor Rajabov bilan ham bog‘landik.

    Foto: Instagram /@doniyor_radjabovofficial

    — Klip syomkasi uch kunga belgilangandi. Ikki kunlik suratga olish ishlarining boshida o‘zim bo‘ldim, ammo uchinchi kun aynan baxtsiz voqea sodir etilgan vaqtda borolmadim. Chunki o‘sha kuni to‘yga borishim kerak edi. Baxtsiz voqeaga guvoh bo‘lmaganman, u qizga ham qiyin, ammo noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatilmoqda, deydi Doniyor Rajabov.

    Ijtimoiy tarmoqlarda vaziyat bo‘yicha keskin qoralanayotgan Ozoda Nursaidovaning bu boradagi fikrlarini ham bilishga qiziqdik. Ammo u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. So‘ng xonandaning maʼmuri Dilmurod Sattorov bilan telefon orqali suhbatlashdik.

    —  Ozoda Nursaidova klip buyurtmachisi, u suratga olish maydonchasida ishtirok etmagan. Ssenariyda qizning mashina sahnasi yo‘q edi, u shunchaki mashinadan tushib kelishi kerak edi. U nega rulga o‘tirgan va nega ssenariy o‘zgargan menga qorong‘i. Baxtsiz voqea sodir bo‘lganidan keyin u yerga yetib bordim va tez yordam mashinasida uni kasalxonaga olib bordik. Ayrim blogerlar aytganidek, qizga eʼtiborsiz bo‘linmagan. Chunki u tibbiyot instituti hududida olingan, tez yordam kelguniga qadar ham qizga yordam ko‘rsatilgan. Keyin 3 litr qon yo‘qotdi, degan gaplar ham yolg‘on. Operatsiyaning yakunlanguniga qadar hammamiz o‘sha yerda bo‘ldik, hatto ruldagi qiz ham ota-onasi bilan o‘sha yerda edi. Ozoda Nursaidova “Yordam beramiz, yosh qiz ekan, oyoqqa turib ketishi kerak”, dedi. Ijodiy guruh ham qarab turgani yo‘q. Sharoiti yo‘q ijara uyda turarkan, karavot, televizor kabi kerakli buyumlarni oldik. Har oy ijara puliga qo‘shib, xarajatlari uchun ham pul yetkazib turibmiz.

    Uning tos suyugi singan va u bitib ketishi uchun 3 oy o‘tirmaslik va harakatlanmaslik kerak, deyishgandi. Ammo qizning onasi Surxondaryoga borib kelamiz deb syomkaga ham chiqib kelibdi. Bilishimcha o‘sha yerda yiqilib tushibdi va tos suyagiga o‘rnatilgan temir joyidan siljigan. “Endi oyoq kalta bo‘lib qolgan, qayta operatsiya deyishyapti”, degan onasi.

    Men u oila bilan doimiy aloqadaman, ularni hech kim tashlab qo‘ygani yo‘q. Faqat orada kimlardir ularning fikrini o‘zgartirdi. Atrofidagi do‘stlari menga uy sotib olish haqida ishora qilishdi. Mayli hammasi bo‘lar, qayta operatsiya ham o‘tkazilar, avval tergov yakunlanib, sud hukmi o‘qilsin dedim. Boshqa ijodkorlarga ham shunday talablar bo‘lgan.

    Shaxsan menda oilaga yordam qilingani haqida dalillar bor, ayrim blogerlar qoralashdan avval biz bilan ham gaplashishsin, deydi Doniyor Sattorov.

    Ahad Qayum negadir jim?

    Qizlarni suratga olish maydonchasiga shoir va rejissyor sifatida tanilgan Ahad Qayum taklif etgani va aynan voyaga yetmagan aktrisani mashina ruliga o‘tqizishga u buyruq bergani haqida aytishdi. Ammo ko‘plab urinishlarimiz ham samara bermadi, u bilan bog‘lana olmadik.

    Haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi, yo‘qotilgan sog‘liq o‘rnini topish ham mushkul. Qizning bir necha oydan buyon to‘shakka mixlangani va bir oyog‘i ikkinchisidan kalta bo‘lib qolgani ham ayni haqiqat. Voqealarni kuzatishda davom etamiz va adolatli yechimni kutamiz.

    12 mart, 12:50   Izoh (1)   97124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ozoda Nursaidova#aktrisa#klip

    Izoh (1)

    Kirish
    1. maqsudarakhmonova@gmail.com / 3 may, 05:45

      МАШҲУРЛИК КАСАЛЛИГИГА «ЧАЛИНГАН» БАЪЗИ САНЪАТКОРЛАР ҚОНУН ВА АЙНИ ДАМДА ОДДИЙ ОДАМЛАРНИ МЕНСИМАСЛИГИ ОЛЛИНДАН МАЪЛУМ . БУХОРОДА
      ЗИЁРАТДА БЎЛГАНИМИЗДА , 2 ҚАЙТА УЙЛАНГАН АКТЁР О. У . (КЕКСА) НИ УЧРАТИБ ҚОЛДИК . САЛОМ БЕРДИК ВА ДАСТХАТ ЁЗИБ БЕРИШИНИ. ИЛТИМОС ҚИЛГАНИМИЗДА , БИЗНИ ТУРТИБ , СИЛТАБ ТАШЛАГАН. ЭДИ . ШУНДАН БЕРИ АКТЁР , ХОНАНДАЛАРГА ҲУРМАТИМ ЙЎҚОЛГАН , ЁҚТИРМАЙМАН УЛАРНИ .
      ҲАЁТДА УЧРАТИБ ҚОЛСАМ , ТЕСКАРИ ТОМОНГА ҚАРАБ КЕТВОРАМАН . ЛЕКИН БОШҚА КАСБ ~ ҲУНАР ЭГАЛАРИГА ҲУРМАТИМ ЧЕКСИЗ . АЙНИҚСА , ЎҚИТУВЧИЛАРГА

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Komada qolayotgan Zohid Risqiyev, haydovchisiga tanbeh bergan Munisa Rizayeva, Turkiyada mukofotlangan o‘zbek aktrisalari

    06.11.2022, 22:44

    Instagram: Koronavirusga chalingan Nilufar Usmonova, Moskvada konsert bergan Ozoda Nursaidova, qizli bo‘lgan Aziz Umrzoqov

    07.11.2022, 22:19

    Instagram: Istanbulda pasportini yo‘qotgan Rayhon Ulasenova, Asal Shodiyeva Bokuda, Umra safaridagi mashhurlar

    08.11.2022, 22:52

    Instagram: Tarixiy rolga tasdiqlangan Ulug‘bek Qodirov, Ozoda Nursaidovadan dolzarb mavzudagi klip, ota-onasini Umraga kuzatgan Vohidjon Isoqov

    13.11.2022, 22:44

    Instagram: Jasur Rafiqovning so‘nggi videosi e’lon qilindi, Umradagi mashhurlar, 600 mln so‘mlik mashina olgan Hamdam Sobirov

    15.11.2022, 22:56

    Instagram: Dostonbek Ergashevga to‘n kiydirgan Dili.me, tug‘ilgan kunini nishonlagan va sayohatdagi mashhurlar

    20.11.2022, 22:53

    Instagram: Jahongir Poziljonovning uyini yana suv bosdi, “Osmondagi bolalar”ning treyleri e’lon qilindi, Ozoda va Hamdam Sobirovdan yangi klip 

    02.04.2023, 22:43

    Instagram: Ozoda Nursaidovaga uyushtirilgan syurpriz, qo‘pol “GAI” xodimidan shikoyat qilgan Durdona Qurbonova, Toshkent ko‘chalarida gul tarqatgan Maryam Tillayev...

    09.10.2023, 22:15

    Instagram: Ozoda Nursaidova Jahongir Otajonovni sudga bermoqchi, metroda qo‘shiq kuylagan Jasur Umirov va Nilufar Usmonovaga uyushtirilgan syurpriz  

    07.04.2024, 09:35

    Instagram: Hamdam Sobirov rafiqasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, “Ko‘k Jiguli”ga qancha pul sarflangan? Ozodbek Nazarbekov 50 yoshli yubileyini nishonladi

    08.05.2024, 10:51

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Asliddin Do‘stov, yangi mashina xarid qilgan Shohrux, gender party o‘tkazgan Oybek va Nigora

    17.05.2024, 22:25

    Instagram: Lola oilasidagi ko‘ngilsizlik, yangi mashinali bo‘lgan Shahnoza Otaboyeva, Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k Jiguli”si o‘g‘irlanganmi?

    26.06.2024, 11:35

    Instagram: Shohruxxon bir oyda qancha pul topadi? Shahlo Zoirova yangi uy xarid qildi, Munisa Rizayevadan yangi klip

    18.07.2024, 12:40

    Instagram: Noqulay vaziyatdagi raqqosani qo‘llab-quvvatlagan Yulduz Usmonova, 140 ming dollarlik mashina olgan bloger, orzusi ushalgan Asal Shodiyeva

    31.08.2024, 15:25

    Instagram: Afruzaning to‘y sanasi aniq bo‘ldi, Munisa Rizayeva tug‘ilajak farzandining jinsini oshkor qildi, Ozoda unvon olganini nishonladi

    14.09.2024, 20:49

    “ ‘Ko‘k Jiguli’ Ozoda Nursaidovaning minusi bo‘ldi” — Konsta ko‘chirmakash ijodkorlar va Hamdam Sobirovga ergashayotganlarni tanqid qildi (video) 

    01.10.2024, 22:49

    Instagram: Timur Alixonov nikohlandi, Davron Ergashev nevarali bo‘ldi, Muhammadziyoni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    05.10.2024, 23:05

    Instagram: Ozoda Nursaidovaga uyushtirilgan syurpriz, Dildora Niyozova xonadonida xursandchilik, Erali Boyqobilovga kvartira sovg‘a qilishdi 

    09.10.2024, 11:26

    13 yil “zapret”da bo‘lgan va so‘nggi yillarda tashqi ko‘rinishi tubdan o‘zgargan Ozoda Nursaidova 50 yoshda (foto, video)

    10.10.2024, 13:40

    “Million” kulgi jamoasining yangi konsertidan reportaj (video)

    23.10.2024, 23:08

    Instagram: Singlisiga “Gelik” sovg‘a qilgan Mavluda Asalxo‘jayeva, 60 yoshli yubileyini nishonlagan Ravshan Komilov, Timur Alixonovning to‘yidan reportaj

    27.10.2024, 22:15

    Instagram: Munisa Rizayeva O‘zbekistonga qachon qaytadi? Sitora Farmonovaning to‘yi yaqin, Halima Ibragimovaning tug‘ilgan kuni qanday o‘tdi?  

    31.10.2024, 21:12

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11

    Instagram: Uchinchi marta ota bo‘lgan Sardor Mamadaliyev, tug‘ilgan kunini nishonlagan Maryam Tillayeva, Yulduz Turdiyeva xonadonida bayram

    20 yanvar, 10:36

    Hamdam Sobirov, Munisa Rizayeva yoki Yulduz Usmonova? O‘zbek shou-biznesidagi “birrovi” eng qimmat xonanda kim? 

    24 yanvar, 11:05

    Samarqandlik 15 yoshli maktab o‘quvchisi qanday qilib Ozoda Nursaidovaning kliplarida suratga tushgani haqida so‘zlab berdi 

    31 yanvar, 19:55

    Instagram: YTHga uchragan Yorqinxo‘ja Umarov, tanqidlar nishoni ostidagi Burak O‘zchivit, bemor otasiga duo so‘ragan Malik

    14 fevral, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.