• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasida nogironga aylangan qiz voqeasi. Operator Shuhrat Mavlonov hodisa tafsilotlarini so‘zlab berdi (video)

    Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” klipi syomkasida mashina urib ketgan aktrisa Sabrina Jabborova ommaning nazarida ekanligi hech kimga sir emas. Uning murojaatida rejissyor sifatida tilga olingan Shuhrat Mavlonov “Daryo”ga bergan intervyusida voqea qanday ro‘y bergani va voyaga yetmagan qizni kim mashina ruliga o‘tqizgani haqida gapirdi.

    — Shuncha kun andisha qildim, ammo bu menga qimmatga tushdi. Ahad Qayumga bir necha marta ommaga rostini aytgin, dedim. Ammo u indamadi va sayohatga ketdi. Shu bois hammasini o‘zim aytishga qaror qildim.

    Suratga olish maydonchasida avariya bo‘lgani rost, ammo baʼzi tuhmatlar ham bo‘ldi. Tarqalgan maʼlumotlarda meni klip rejissyori deb yozishibdi, ammo men u klipda operator vazifasini bajarganman. Qaysi aktrisa suratga tushadi va epizodlarni kimlar ijro etishi menga nomaʼlum bo‘lgan. Vazifam jarayonni suratga olib berish bo‘lgan. Klip rejissyori Doniyor Rajabov bo‘lgan, ikki kun o‘zi syomkaga keldi, ammo uchinchi kun to‘yi bo‘lganligi uchun qatnasholmadi. “Siz bo‘lmasangiz ish ko‘ngildagidek bo‘lmaydi”, desam yordamchisi borib, ssenariyni o‘qib turishini aytdi. Aynan shu kuni avariya bilan bog‘liq fojia yuz berdi,  deydi Shuhrat Mavlonov.

    Ozoda Nursaidova bosh rol ijro etishining mashina boshqarishi bilan bog‘liq sahna ssenariyda bo‘lmagani haqida gapirgandi. Shuhrat Mavlonov esa bu gapni inkor etdi.

    Foto: Instagram

    — Balki ssenariy o‘zgargandir, ammo bundan xabarim yo‘q. Bilganim, u epizodni menga yordamchi rejissyor o‘qib bergan. Suratga olish ishlari boshlanishidan avval biz maslahatlashib turganimizda Ahad Qayum mashina rulida bo‘lgan aktrisa Sevinch Maʼrufovna bilan instagram uchun videolar oldi. Qiz mashinani boshqardi. Buni mendan tashqari, boshqalar ham ko‘rdi. Suratga olish ishlari boshlaganidan keyin qizning mashina haydolmasligini bildim va “yashirib olamiz, qiz mashinani haydamay, undan tushib kelsa ham bo‘ladi”, dedim. Ammo Ahad qiz bemalol mashina hayday olishini va u bilan viloyatlarga borganda ham boshqarganini aytdi. Gapiga ishonib, mashinaning institut hududiga kirib kelish sahnasini 10 tadan ko‘p dubl oldik. Ammo fojia sodir bo‘lganidan keyin Ahad uning voyaga yetmagani aytyapti. Nima qilishimni bilmay qoldim, Ahad menga “havotir olmang hammasi yaxshi bo‘ladi. Men rulda edim, deyman”, dedi. Xullas, hammasi bir necha soniyada sodir bo‘ldi. Sevinch nega rulni boshqarolmaganini ham, Sabrina nega mashina oldida paydo bo‘lib qolganini ham tushunmay qoldik, deydi Shuhrat Mavlonov.

    Shuhrat Mavlonov jabrlanuvchi Sabrina Jabborovaning mashina urib yuborgandan keyingi holatini quyidagicha esladi.

    Foto: “Daryo”

    — Men kamerani boshqa rakursga qo‘yib, tasvirga olayotgandim. Baqir-chaqir boshlandi va ortimga o‘girilsam, bir yigit dod solayotgandi. Men uni mashina urib yuboribdi deb tushunibman. Sabrina yerda yotardi, oldiga bordim va hozir tez yordam kelishini aytdim. U oyoqlari og‘riyotganini aytib yig‘lardi. Birinchi yordam ko‘rsatildi, undan keyin kasalxonaga olib ketishdi. Olti soatlik operatsiya davomida suratga olish ishlari to‘xtatilib turdi. Operatsiyadan chiqqanini eshitgandan keyin qolgan kichik epizodni suratga oldik. Murojaatda aytilganidek, u eʼtiborsiz qolib ketgani va ko‘p qon yo‘qotgani yo‘q, deydi Shuhrat Mavlonov.

    Shuhrat Mavlonov odamlarning gap-so‘zlari og‘ir botgani va emotsiyada jabrlanuvchi haqidagi gapirgan gaplaridan afsuslanishi haqida gapirdi.

    — Bu ishda Ozoda Nursaidovaning aybi yo‘q. U haqiqatan suratga olish maydonchasiga kelmagandi. 20 yillik faoliyatim davomida men ham bunday vaziyatga ilk marta tushdim. Sabrinaga ham qiyin, hech qachon unga oson tutmayman. Uni imkon boricha qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik. Shaxsan men o‘zim uch marta kasalxonaga ko‘rgani bordim, miriqib suhbatlashdim. Ko‘ngli ochiq qiz ekan. Ammo orada qo‘ng‘iroq qilganimda onasi qattiq jerkib berdi, shunday keyin qayta telefon qilmadim.

    Murojaat tarqalgan paytda meni rejissyor va “Gazni bos” deb mashina boshqargan qizga buyruq bergan shaxs sifatida ko‘rsatishgandan keyin qattiq ranjidim. Emotsiyaga berilib, men ham videomurojaatda ishtirok etibman. Hozir shulardan afsuslanaman.

    Tergovchilar ishni o‘rganishayotganda, o‘sha hududdagi kuzatuv kameralarini ham nazardan chetda qoldirmasliklarini so‘rayman. Bundan tashqari, o‘sha yerda bo‘lgan hammani so‘roq qilishlarini istayman, deydi Shuhrat Mavlonov.

    Videoni to‘liq holda YouTubedagi “Daryo lifestayle” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    14 mart, 20:55   Izoh (0)   12935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ozoda Nursaidova#Ahad Qayum#Shuhrat Mavlonov#Sabrina Jabborova#klip

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Ahad Qayumning yuziga tort chaplagan bloger, farzandli bo‘lgan xonanda, yosh yigitlardan turmush qurish taklifini olayotgan 39 yoshli aktrisa

    15.06.2021, 22:22

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Ziyoda, 61 yoshida o‘g‘illi bo‘lgan Erkin Komilov, jurnalist tug‘ilgan kunida jam bo‘lgan yulduzlar

    18.07.2021, 22:37

    Instagram: Sevinch kimga turmushga chiqadi? Yulduz Usmonova bayramni qanday nishonladi? Farruh Zokirov va Umidaxon duet kuyladi

    21.07.2021, 22:43

    Instagram: Onasiga 4 xonali uy sovg‘a qilgan Ozod Xurramov, “Bravo”chi Otabek va Dilshod Mirzamurotov janjali, Ahad Qayumga “tashlangan” Zinnura

    03.08.2021, 22:22

    Instagram: Yulduz Usmonovaning Ozoda haqidagi haqiqatlari, Shohruhxon va Asal xonadonidagi bayram, jonli efirda yiqilgan boshlovchi aloqaga chiqdi

    03.09.2021, 22:55

    Instagram: Avariyaga uchragan aktrisa, yangi qo‘shiq kuylagan Zarina, Jahongir Xo‘jayev uy sotib oldi

    15.09.2021, 22:28

    Instagram: Karra jadvalini bilmaydigan Munisa Rizayeva, tug‘ilgan kunini nishonlagan Rayhon, Shahzoda Muhammedova taqdirini o‘zgartirgan serial

    16.09.2021, 22:19

    Instagram: Parizodaga atalgan syurpriz, qizini uzatgan Muslimbek Yo‘ldoshev, Mustang’idan ayrilgan Jahongir Xo‘jayev

    19.09.2021, 22:15

    Instagram: Vohidjon Isoqov ota bo‘ldi, Saida Rametova tug‘ilgan kunini qanday nishonladi? “Daydi qiz” kimning ustidan IIBga arz qilmoqchi?

    22.09.2021, 22:28

    Instagram: 4 millionlik sahifasi bloklangan Shahzoda, yangi qo‘shig‘ini taqdim etgan Zarina, xeyterlariga yuzlangan Muqaddas

    24.09.2021, 22:37

    Instagram: Shahnoza Mirziyoyeva oilasining yubileyi, Umra safaridan qaytgan Shahlo Zoirova, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Halima

    27.10.2022, 22:35

    13 yil “zapret”da bo‘lgan va so‘nggi yillarda tashqi ko‘rinishi tubdan o‘zgargan Ozoda Nursaidova 50 yoshda (foto, video)

    10.10.2024, 13:40

    “Million” kulgi jamoasining yangi konsertidan reportaj (video)

    23.10.2024, 23:08

    Instagram: Singlisiga “Gelik” sovg‘a qilgan Mavluda Asalxo‘jayeva, 60 yoshli yubileyini nishonlagan Ravshan Komilov, Timur Alixonovning to‘yidan reportaj

    27.10.2024, 22:15

    Instagram: Munisa Rizayeva O‘zbekistonga qachon qaytadi? Sitora Farmonovaning to‘yi yaqin, Halima Ibragimovaning tug‘ilgan kuni qanday o‘tdi?  

    31.10.2024, 21:12

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11

    Instagram: Uchinchi marta ota bo‘lgan Sardor Mamadaliyev, tug‘ilgan kunini nishonlagan Maryam Tillayeva, Yulduz Turdiyeva xonadonida bayram

    20 yanvar, 10:36

    Hamdam Sobirov, Munisa Rizayeva yoki Yulduz Usmonova? O‘zbek shou-biznesidagi “birrovi” eng qimmat xonanda kim? 

    24 yanvar, 11:05

    Samarqandlik 15 yoshli maktab o‘quvchisi qanday qilib Ozoda Nursaidovaning kliplarida suratga tushgani haqida so‘zlab berdi 

    31 yanvar, 19:55

    Instagram: YTHga uchragan Yorqinxo‘ja Umarov, tanqidlar nishoni ostidagi Burak O‘zchivit, bemor otasiga duo so‘ragan Malik

    14 fevral, 10:35

    Ozoda Nursaidovaning klipi syomkasida nogironga aylangan aktrisa voqeasi. Aslida nima bo‘lgandi?

    12 mart, 12:50

    “Yaxshi ish bo‘lmadi, afsusdaman”. Ozoda Nursaidova klipi syomkasida jabrlangan aktrisa voqeasiga munosabat bildirdi (video)

    12 mart, 14:57

    Klip syomkasida jabrlangan aktrisa Sabrina Jabborova Turkiyada operatsiya qilinadigan bo‘ldi

    14 mart, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47

    “Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

    Sport | 16 avgust, 16:46

    Tramp AQSH—Rossiya—Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini e’tirof etdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:35

    Yevropa rahbarlari Alyaskadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot tayyorlashdi — Tusk

    Dunyo | 16 avgust, 16:05

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.